Yaponiyaning Murata firmasi Samsung Galaxy S8 uchun batareya yetkazib beradi

Yaponiyaning Murata firmasi Samsung Galaxy S8 uchun batareya yetkazib beradi

Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi navbatdagi flagmani Galaxy S8 modeli uchun xavfsiz batareyalar yetkazib berish bo‘yicha Murata nomli yapon firmasi bilan hamkorlik o‘rnatmoqchi, deb xabar bermoqda 3D News Nikkei Asian Review nashriga asoslanib.

Murata Manufacturing 2016 yilda Sony kompaniyasiga qarashli akkumulyator ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan bo‘limni sotib olgan edi.

Galaxy S8 konseptlaridan biri

Samsung bir necha oylik izlanishlardan keyin taqdiri ayanchli yakun topgan  Galaxy Note 7 modelining yonib sabablarini bundan ikki hafta ilgari ma’lum qilgan edi. Hisobotga ko‘ra, smartfon Samsung SDI Co.Ltd va Xitoyning Amperex Technology Ltd kompaniyalari tomonidan tayyorlangan batareyalardagi nosozlik tufayli yonib ketishni boshlagan ekan. Buning natijasida Janubiy Koreya giganti oz emas, ko‘p emas naq 5,3 mlrd dollar operatsion zarar ko‘rgan. Shu boisdan ham Samsung kompaniyasi Galaxy Note 7 bilan sodir bo‘lgan noxush holatlar boshqa takrorlanmasligi uchun, batareya sifatiga jiddiy e’tibor bilan yondashadigan brendlar bilan ishlash maqsadida.

Batareyasi yonib ketgan Galaxy Note 7

Murata mazkur yo‘nalishda Xitoyning Amperex Technology Ltd firmasining o‘rnini bosishi kutilmoqda. Biroq bu borada yakuniy qaror chiqarilishi Samsung va yapon firmasining o‘zaro kelishuviga bog‘liq.

Samsung SDI tomonidan Galaxy S5 modeli uchun chiqarilgan batareya

Korea Economic Daily nashrining qayd etishicha, Murata firmasi Galaxy S8 uchun talab etiladigan jami batareyalarning 2-8 foizini yetkazib berish bo‘yicha shartnomani qo‘lga kiritishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Galaxy Note 7 modelini ishlab chiqarish qurilmadagi jiddiy nosozlik tufayli Samsung tomonidan 2016 yilning 11 oktyabrda rasman to‘xtatilgan edi.  Kompaniyaning ma’lum qilishicha, ayni vaqtda foydalanishdagi bu telefonlarning 96 foizi qaytarib olingan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.