Yaponlar gumanoid robotni uy ta’mirlashga o‘rgatishdi

  •   Saroy
  •  621
  •  03.10.2018 16:26

Yaponlar gumanoid robotni uy ta’mirlashga o‘rgatishdi

Robotning o‘zi gipsokarton turgan joyni aniqlaydi, ulardan bittasini ko‘tarib kerakli tomonga buriladi, so‘ngra devorga olib keladi.

Yaponyalik muhandislar  HPR-5P gumanoid  robotni taqdim etishdi va uning qurilishda ishlash qobiliyati bilan tanishtirdi. Ixtirochilar robotning o‘zi gipsokartonni tanib olishini, uni devordagi yog‘ochli karkasga o‘rnatishini va mix bilan qotirishini ko‘rsatishdi. Ushbu ishlanma IEEE Spectrum nashrining e’tiborini o‘ziga tortgani uchun, u haqda AIST instituti saytida atroflicha yoritildi.

Muhandislar anchadan buyon qurilish robotlarini yaratish bilan shug‘ullanib keladi, biroq bu texnik tomondan juda murakkab ish bo‘lib, robotlardan atrofdagi buyumlarni ajrata olishi va boshqa murakkab ishlarni o‘zlashtirishi talab etiladi. Shu bois, odatda bunday robotlar faqat bitta aniq ishni qilishga ixtisoslashtirilgan bo‘ladi. Bundan tashqari, qariyb har doim qurilish ishlari o‘nchalik katta bo‘lmagan ob’yektlar bilan manipulyasiya qilinadi, masalan kalta  taxta yoki g‘isht.

Muhandislar HPR-5P gumanoid  robotini va uning  asosiy qurilish ishlari vazifalarini mustaqil bajara olishini namoyish qilishdi. HPR-5P bu Humanoid Robotics Project loyihasining yangi robotlari bo‘lib, uy ishlarida yordam beruvchi  robotlarni yaratishni oldiga maqsad qilgan. Birinchi robot seriyasi amalda Honda P3 robotining aniq nusxasi sanaladi. Honda muhandislari ushbu robot asosida o‘zlarining mashhur ASIMO robotini yaratgan edi.

O‘QING:Robotlar shahri paydo bo‘ladi

Robotlar tomonidan atrofdagi kenglik xaritasining yaratilishi va kompyuter nigoh tizimining ishlashi

HRP-5P tuzilishi bo‘yicha xuddi odamga o‘xshaydi va uning ham qo‘li va oyog‘i bor. Uning bo‘yi 182 santimetr, vazni esa 101 kilogramm. Yangi versiyaga muhandislar yanada kuchli elektromotorlarni o‘rnatishdi va shu tufayli uning jismoniy qobiliyatini oshirishdi. Masalan, u qo‘lini cho‘zib turgan holatda 2,9 kilogramm og‘irlikdagi yukni ko‘tarib tura oladi. Robot boshida kamera va boshqa datchiklar joylashgan, ular yordamida  atrofining xaritasini yaratib oladi va uni har 3,3 soniyada yangilab turadi.

O‘QING:Yana robotlar: ular endi maktablarda muallimlik ham qilishmoqda

Robotning qobiliyatini yanada oshirish uchun ixtirochilar unga gipsokarton taxtani o‘zi mustaqil ravishda devorga mahkamlashni o‘rgatdilar. Shundan keyin u kompyuter nigoh tizimi yordamida yerda yotgan mix qoqqich uskunani topadi va qo‘lga oladi. Muhandislarning sa’y-harakati bilan robot o‘ndan ortiq asboblarni taniydi, keyin devordagi yog‘ach karkasga mix yordamida qotiradi.

Shuni ham ta’kidlash joizki, namoyish chog‘ida robot haqiqatan ham tayyor yog‘och karkasga gipsokartonni mahkamladi. Bundan avval shveysariyalik muhandislar ham ikki robotdan iborat tizimni yaratishgan edi. Ular ham gipsokartonni yanada murakkab karkasga o‘rnatgandi. Ular o‘zlari mustaqil ravishda taxta va yog‘ochlarni qo‘liga oladi hamda musta’qil ravishda  ortiqcha joylarini arralab, bir-birining ustiga qo‘yadi hamda mustahkamlanadigan mixlar o‘rnini drel bilan teshadi.

O‘QING:Qotil-robotlar odamlarga o‘z qarorini tushuntiradi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!