Yaponlar yuvsa bo‘ladigan telefon yaratdi

Yaponlar yuvsa bo‘ladigan telefon yaratdi

Kunchiqar yurtning Kyocera korporatsiyasi Digno Rafre nomli smartfon yaratdi. Bu noodatiy telefonni suvga pishib sovunlab yuvsa bo‘ladi.

Smartfon yaratuvchilari ta’kidlashicha, ushbu qurilma bilan bemalol cho‘milsa bo‘ladi. Sensor ekrani ho‘l holatida ham ishlayveradi. Korpusi tirnalishlarga chidamli. Rezina o‘rdakcha shaklidagi tagligi bor.

Suvdan qo‘rqmas telefon Android 5.1 tizimida ishlaydi. 13 megapikselli kameraga va 5 dyuym diagonalli displeyga ega. O‘rnatilgan akkumulyator sig‘imi 3000 mA·soat.

Yangi smartfonni 11 dekabrdan sotish boshlanadi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!