“Yashil” aviatsiyada sayohat: «quyoshsamolyot» namoyish qilindi

  •   Saroy
  •  518
  •  26.10.2018 14:12

“Yashil” aviatsiyada sayohat: «quyoshsamolyot» namoyish qilindi

Ushbu samolyotda quyosh energiyasi bilan biror marta ham yerga qo‘nmasdan sayyoramizni aylanib chiqish mumkin, deydi muhandislar. Samolyotni rossiyalik mashhur sayohatchi  Fedor Konyuxov uchun yaratishmoqda. Apparat yaqinda Skolkovoda ko‘rsatildi.

Quyoshsamolyotning og‘irligi atigi 900 kg chiqadi, qanotini yoyganda qulochi 25 metrga yetadi. Xabarda aytilishicha, samolyotning korpusi Germaniyadagi  Stemme S12 samolyotlar bazasida tayyorlangan. Elektronikasi ham nemeslarniki. Energiya to‘plash tizimi esa Rossiyaning o‘zida «ROTEK» xoldingi tomonidan yaratilgan.

«Albatros» deb nom olgan ushbu apparat quyosh panellari bilan jihozlangan. Panellar samolyot qanotlarining ustki  qismiga ham, ostki qismiga ham joylashtirilgan. Ushbu batareyalar samolyotga to‘xtovsiz parvoz qilish imkonini beradi. Qolaversa, ekologiyani asraydi, chunki unga yoqilg‘i kerak emas.

O‘QING: Momoqaymoq urug‘i yordam beradi: uchuvchisiz uchar qurilmalarning yangi toifasi ishlab chiqariladi

Hozirda samolyot tajriba bosqichlaridan  o‘tkazilmoqda, Kelasi yil bahorda tajribalar nihoyasiga yetadi. Ushbu samolyot kelgusida chiqarilishi kutilayotgan yanada kattaroq samolyotning tajriba namunasi hisoblanadi. Keyingi samolyot esa haqiqiysi bo‘lib, unda 66 yoshli taniqli sayohatchi Fyodor Konyuxov parvoz qiladi.

O‘QING: Uchuvchisiz uchar qurilma parvoz rekordini o‘rnatdi

«Katta samolyotni 2020 yilda ko‘ramiz», — deydi  «ROTEK» kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Mixail Lifshits. O‘shanda Konyuxov parvoz qila oladi. Ayni paytda u Belorusda uchuvchilikni o‘rganmoqda.

Samolyotning tezligi taxminan  200-220 km/soat, havo oqimida 300 km/soat. Shamolni hisobga oladigan bo‘lsak  500 km/soat»ga ham yetkazish mumkin. Bu esa yer atrofini besh kunda aylanib chiqishga yetadi.

Marshrut Avstraliya, Yangi Zelandiya, Chili, Argentina, Braziliya va JAR ustidan o‘tadi. Yo‘lning katta qismi Tinch okeani, Atlantika va Hind okeani hovzasi ustidan o‘tarkan. Parvozni Konyuxovning yolg‘iz o‘zi amalga oshiradi.

Loyihaning narxi bir million dollardan ko‘proqqa baholanmoqda (66 million rubl atrofida).

Muhandislar samolyotni uchuvchi laboratoriya deb atashmoqda. Sayohat davomida ixtirochilar to‘plangan energiyani turli haroratda va bosimda, samoda quyosh nuriga qarshi  sharoitda testdan o‘tkazmoqchi.

Agar loyiha muvaffaqiyatli yakunlansa,  «ROTEK» samolyotni seriyali ravishda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Xullas kompaniyadagilar dunyo bo‘ylab “yashil” aviatsiyada sayohat qilsa bo‘ladimi yoki yo‘qmi, buni Fedor Konyuxov o‘z parvozi bilan isbotlab berishi kerak, deya ta’kidlashdi «ROTEK» rahbariyati.

O‘QING: Rolls-Royce gibridli uchar taksi namoyish qildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!