“Yashil” yo‘lakdan dron "omadli" o‘tolmadi

 “Yashil” yo‘lakdan dron

“Sankt-Peterburg-Urganch” yo‘nalishi bo‘yicha parvozini yakunlagan fuqaro B.J. bojxona nazoratidan “yashil” yo‘lak orqali olib o‘tayotgan 1 dona uchuvchisiz uchish apparati(dron) yashirganligi fosh bo‘lgan. Fuqaro B.J. bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida bu haqida ma’lum qilmagan. Unga tegishli qo‘l yuklari nazorat-rentgen apparati orqali xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda yashirilgan dron aniqlangan.  Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda DBQ axborot xizmati ma’lum qildi. 

“Урганч” халқаро аэропортида учувчисиз учиш аппарати олиб ўтишга уринган фуқаро тўхтатилди

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining havo bo‘shlig‘ida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan sanksiyasiz foydalanishda ogohlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014 yil 26 noyabrdagi 322-sonli Qaroriga asosan 2015 yilning 1 yanvaridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududiga uchuvchisiz uchish qurilmalarini olib kirish, sotish va ulardan foydalanish taqiqlangan. Mazkur qurilmalarni faqatgina Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlarida ko‘zda tutilgan hollarda ayrim tashkilotlar tomonidan olib kirish, realizatsiya qilish va foydalanishga ruxsat berilgan

O‘QING: «Dronlar qotili»: «Kalashnikov»ning o‘z sinfidagi eng zo‘r quroli namoyish qilindi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!