Yepo 737S – arzon xitoylik “Macbook”

Yepo 737S – arzon xitoylik “Macbook”

Xitoyning Yepo kompaniyasi Macbook uslubidagi dizaynda ishlangan Yepo 737S noutbukini $200 narxida sotuvga chiqardi. Qurilma Intel Cherry Trail apparat platformasi va  Windows 10 operatsion tizimida faoliyat ko‘rsatadi.

yepo1

Yepo 737S Full HD (1920 × 1080 piksel) aniqligidagi 13,3 dyuymli ekran bilan jihozlangan, boshqa namoyish gadjetlariga ulanish uchun unda HDMI porti ko‘zda tutilgan.

Modelga 4 yadroli 14 nm texnologiyasida ishlaydigan Atom x5-Z8300 protsessori va Intel HD Graphics adapteri o‘rnatilgan. Protsessorning nominal takt chastotasi 1,44 GGs birlikni tashkil qiladi.

yepo2

Xitoylik “Macbook” 4 GB tezkor va 128 GB doimiy xotiraga ega. Kommunikatsiya vositalaridan Wi-Fi 802.11b/g/n va Bluetooth 4.0 ishlaydi. Gadjet 8000 mA/st sig‘imli batareyadan quvvatlanadi. Vazni – 1,25 kg.