Yil yangiligi: Xiaomi endi hojatxona qog‘ozi ham ishlab chiqaradi

Yil yangiligi: Xiaomi endi hojatxona qog‘ozi ham ishlab chiqaradi

Xiaomi kompaniyasi doim hammani lol qoldirishni yaxshi ko‘rgan. Bugungi kunda kompaniya oddiy yostiq, sochiqdan tortib eng zamonaviy robotlargacha ishlab chiqaradi. Kompaniya o‘z mahsulotlari katalogini hech kim kutmagan buyum bilan boyitdi. Endi siz Xiaomi hojatxona qog‘ozlarini sotib olishingiz mumkin.

Xiaomi ning aytishiga qaraganda bu tualet qog‘ozlari bozorida juda katta yangilik. Qog‘oz bambuk daraxti tolasidan qilingan va 4 qavatdan iborat. Tabiiy toza mahsulot ushbu sanoatni yangi bosqichga olib chiqishi, texnik imkoniyatlarini kengaytirishi mumkin ekan.

Qog‘oz allaqachon sotuvga chiqdi. Bugungi kunda Xiaomi ning o‘z platformalarida 24 rulondan iborat bir korobka qog‘ozi 13 dollar ya’ni 110 000 so‘m atrofida sotilmoqda.

Aliexpress dagi sotuvchilar bo‘lsa mahsulot yangiligi va hali kamligi uchun bir rulonnni 4 dollardan sotishayotgan ekan.

Ushbu mahsulotni xalqaro bozorga chiqish yoki chiqmasligi haqida Xiaomi hech qanaqa ma’lumot bermadi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.