Yilning eng innovatsion kompaniyalari e’lon qilindi

Yilning eng innovatsion kompaniyalari e’lon qilindi

An’anaga ko‘ra, Boston Consulting Group kompaniyasi yangi yil boshida jahonning eng innovatsion 50 nafar brendlarini e’lon qildi.

Birinchi uchlikdan Apple, Google hamda Microsoft kompaniyalari o‘rin olgan. To‘rtinchi o‘rin esa Amazon elektron platformasiga nasib qilgan. Elektromobillari bilan tanilgan Tesla bu yil ancha pastga tushgan va oltinchi o‘ringa munosib ko‘rilgan.

2018 yilgi reytingda yangi nomlar ham paydo bo‘lgan. Misol uchun, "kuchli 10 talik"da taksi buyurtma qilish xizmati bilan ommalashib borayotgan Uber kompaniyasi hamda internet savdo sayti hisoblangan Alibaba'ni ko‘rish mumkin.

Reytingga ko‘ra, 2018 yilda Amerikaning 27 kompaniyasi, Yevropaning 16 kompaniyasi eng jadal taraqqiy etayotgan ekan.

Odatga ko‘ra, bu yil ham yangi g‘oya va foydalanuvchilarga naf keltiradigan nostandart innovatsion yondashuvlardan foydalanayotgan kompaniyalar mazkur reytingga kiritilgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!