Yilning kutilgan smartfoni -- romsiz Xiaomi Mi Mix 2 taqdim qilindi

Yilning kutilgan smartfoni -- romsiz Xiaomi Mi Mix 2 taqdim qilindi

Xiaomi kompaniyasi yilning eng shov-shuvli va kutilgan smartfoni — romsiz Mi Mix 2'ni rasman taqdim qildi.

 Yangi smartfon 5,99 dyuymli, 2160×1440 pikselli va tomonlar nisbati 18:9 o‘lchamli displeyga ega bo‘lgan. 

Mi Mix bilan solishtirganda, displey quyisidagi hoshiya 12 foizga qisqargan. Keramikadan tayyorlangan korpus 4 yonga qayrilgan dizaynda tayyorlangan. Shuningdek, avvalgi avlodda old panelning 91 foiz qismi ekrandan iborat bo‘lgan bo‘lsa, yangi avlod "romsizi"da old panelning 93 foiz qismi ekrandan iborat.
Smartfonda 8 yadroli, chastota tezligi 2,4 GGs bo‘lgan Snapdragon 835 protsessori, 12 megapikselli bosh va 5 megapikselli old kamera, tok sig‘imi 3400 mA soat akkumulyator o‘rnatilgan. 

Flagmanning o‘lchamlari: 151,8×75,5×7,7 mm, vazni — 185 gramm.

Ilg‘or kamera moduliga ega bo‘lgan bosh kamera halqasi 18 karatli oltin gardish bilan o‘ralgan.

Gadjetning tom qismida suhbat karnayi va oraliq-masofa sensori mahorat bilan "bekitib" qo‘yilgan.

Gadjet talqiniga ko‘ra 6 yoki 8 GB tezkor hamda 128 yoki 256 GB doimiy xotiraga ega bo‘lgan. Har ikkala model bir necha kunlardan so‘ng $510 hamda $620 AQSh dollaridan sotuvga chiqariladi.