Yolg‘onning misi chiqdi: lazerli vintovka uydirma ekan

  •   Saroy
  •  1267
  •  16.07.2018 15:07

Yolg‘onning misi chiqdi: lazerli vintovka uydirma ekan

 

Bundan bir necha kun avval ommaviy axborot vositalari xitoyliklarning yangi lazerli vintovkasi haqida hamma yoqqa jar solgan edi. Endi esa, oltin deganimizning misi chiqib qoldi.

Xabarda aytilishicha, hozirgi zamon texnologiya rivoji darajasi bunday qurolni ishlab chiqarishga tayyor emas.

Lazerli «avtomat Kalashnikov» haqidagi  xabar  dunyo ahlini hayratga solgandi, bu haqda biz ham yozgandik. Biroq Youtube-kanal  Styropyro bunday qurol yasash ehtimolini yo‘qqa chiqardi.

Xitoylik “portativ lazer” yasovchilar eng avvalo ushbu asosiy savolga javob bera olarmikan, deyiladi mazkur xabarda, ya’ni  — lazer to‘lqinining uzunligi qancha?

O‘QING:Xiaomi basketbolchilar uchun ajoyib krossovka yaratdi, narxi 45 dollar

Tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga qaraganda, xitoyliklarning supervintovkasi nuri shishadan ham o‘ta oladi, matoni olov oldiradi va odamning terisini kuydiradi. Biroq, ushbu qayd etilgan materiallar turlicha xususiyatlarga ega. Bitta  lazerli vintovga turli materialga birdek ta’sir o‘tkaza olmaydi.

Bundan tashqari, dushmanning kiyim-boshini yondirish uchun lazerga 640 Vt quvvat kerak. Vintovka bir marta emas, bir necha marta otish uchun askar alohida bir ryukzakni batareyaga to‘ldirib olib yurishi kerak bo‘ladi. Ehtimol, xitoyliklar portativ energiya manbaini yaratib, fanda o‘ziga xos inqilob yasagandir. Bunga ham ishonish qiyin.

O‘QING:Xitoyliklarning navbatdagi ixtirosi: lazerli «Kalashnikov avtomati»

Qurollar bo‘yicha ekspertlarning aksariyati ta’kidlashicha, bunday qurolni yasash favqulodda murakkab jarayon hisoblanadi. Dunyodagi eng zo‘r jangovar lazer hali ham yirik va qo‘pol, ko‘p energiya iste’mol qiladi hamda mukammal emas. Shu bois, texnologik taraqqiyotning hozirgi darajasida lazerli AK-47 vintovkani yasash xomhayoldan boshqa narsa emas.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!