Yosh millioner kiberkostyum yaratdi

  •   Saroy
  •  979
  •  18.06.2018 12:03

Yosh millioner kiberkostyum yaratdi

Hali 19 yoshga kirmay turib, boyligini 3,3 million dollarga yetkazib olgan  Erik Finman 10 yoshli do‘sti uchun kiberkostyum yaratdi.

Bolaligida Erik Finman ota-onasi bilan shunday kelishuv tuzadi: agar u 18 yoshgacha millioner bo‘la olsa, kollejga bormay o‘zi istagan ish bilan shug‘ullanadi. Ota-onasi ushbu bahsni o‘z foydalariga hal etolmadi.  2011 yilda Erik buvisi bergan pulga bitkoinlar sotib oldi. U vaqtlar bitkoinlar atigi 12 dollar turardi. Hozirga kelib esa, 19 yoshli yigitchaning boyligi naq 3,3 million dollarga baholanmoqda.  O‘zi esa hozir robot texnikalari yaratish bilan mashg‘ul. Finman hozirda bir qator loyihalar ustida ish olib bormoqda. Ulardan biri  NASA’ning ta’lim loyihasi uchun nanoyo‘ldoshlar yaratishni nazarda tutadi.

O‘QING: Toshkentda robototexnika bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi

O‘rgimchak odamning asosiy dushmani bo‘lgan Doktora Oktopus uchun kostyum yaratar ekan,  Erik Finman 10 yoshli do‘sti  Aristu Mixanni xursand qilishni diliga tugub qo‘ygandi.  Aristu DST (muskul to‘qimalari displaziyasi) kasalligi bilan xastalangan, u Marvel komedayalarining ishqibozi. «Aristuning aytishicha, ushbu kiberkostyum unga kasallik bilan kurashda ko‘mak berar ekan», — deydi Finman.

«Haqiqiy protez bir necha o‘n million dollar turadi, shu bois men 3D-bosmada tajriba qilib ko‘rdim.  3D-printerda bir nechta ishlarni bosmadan chiqarganman, lekin bunday murakkab loyiha ustuda avval hech qachon ishlamagandim», deydi u.

O‘QING: Elon Mask: «Jangchi-robotlarni taqiqlaylik!»

Finman muhandislar jamoasi bilan birgalikda mustaqil ravishda  3D-printerni yig‘ishdi, keyin esa unda barcha kerakli elementlarni basmadan chiqardi. Qo‘llar uchun sakkizta servoo‘tkazgichlar va kleshen uchun to‘rtta motor Arduino Mega 2560 platasida boshqariladi. Qo‘llarni ikki juft pult orqali alohida alohida boshqarish ham mumkin. Kostyumning og‘irligi  5,5 kg.

Hozircha kostyum faqat konsept darajasida turibdi, shu bilan birga u yaqinda bo‘libo‘tishi kutilayotgan  Comis-Son ko‘rgazmasi uchun eksponat ham bo‘ladi. Lekin Finmanning rejalari ulkan. U qurilmani tijorat maqsadlarda ishlatish darajasigacha yetkazmoqchi. Yosh millioner barcha ishlar nihoyasiga yetkazilgandan so‘ng kiberkostyum bo‘yicha  chizmalarni, ya’ni hujjatlarni  ommoga oshkor etishga va’da berdi.

O‘QING: Ish o‘rinlarini telerobotlar egallab oladi(mi?)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!