YouTube Go bilan xayrlashib oling

YouTube Go bilan xayrlashib oling

Google o'zining YouTube platformasi past darajali qurilma va internetga ega Android foydalanuvchilari uchun 2016-yilda chiqargan YouTube Go ilovasini shu yilning avgust oyidan boshlab tugatayotganligini ma'lum qildi. Endilikda YouTube Go foydalanuvchilari yoki asosiy ilovani yuklab olishlari yoki platformaga brauzer orqali kirishlari kerak bo'ladi.

Ma'lum qilinishicha, hozirda oddiy YouTube ilovasi ham sezilarli darajada yaxshilangan va kuchsiz smartfonlarda sekin ishlaydigan internet bilan qiyinchiliklarsiz ishlaydi. Shuningdek, cheklangan internet trafikka ega foydalanuvchilar uchun uni kamroq ishlatish imkonini beruvchi qoʻshimcha xususiyatlar ham yaratilayotganligi haqida ham aytilgan.

Oddiy YouTube ilovasi platformadagi hamma videolarni ham mualliflik huquqlari sabab yuklab olish imkon bermaydi. Ammo, YouTube Go ilovasi bilan platformadagi istalgan videoni oflayn ko'rish uchun yuklab olish mumkin edi. Lekin shuni ham aytish kerakki, YouTube Go ilovasida foydalanuvchilar videolarga komment qoldirish, platformaga yangi videolar joylash va qorong'u fon rejimidan foydalana olmas edilar.

O'QING: Instagram ham TikTok'lashib ketmoqda