YouTube videoxostingi pulli bo‘ladi

YouTube videoxostingi pulli bo‘ladi

Google kompaniyasiga qarashli YouTube videoxostingi 28 oktyabrdan boshlab pulli obunani yo‘lga qo‘yadi. Pul to‘lagan foydalanuvchi videolarni reklamasiz ko‘rish imkonini qo‘lga kiritadi. Pulli xizmat Red deb nomlanadi. Bir oylik obuna bo‘lish narxi $9,99 dollar. Ushbu xizmat foydalanuvchisi mobil ilovalar yordamida videoni smartfoniga yuklab olishi mumkin. Qolaversa, ayrim video va filmlarni imtiyozli ko‘ra oladi.

Kompaniya bu xizmat, eng avvalo, foydalanuvchilar manfaatiga yo‘naltirilganligini aytmoqda. Video yuklovchiga YouTubega pulli obuna bo‘lgan foydalanuvchi to‘lagan mablag‘dan ulush berib boriladi. Shu yo‘l bilan mualliflar reklamalardan emas, balki tomoshabinlar hisobidan pul ishlashadi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.