YouTube'da "hikoya"lar o'z yakuniga yetmoqda

YouTube'da

Asli Reels nomi bilan 2017-yilda taqdim qilingan YouTube'ning Stories funksiyasi yo'l oxiriga kelgan ko'rinadi – kompaniya ushbu funksiyani olib tashlayotganligini e'lon qildi.

YouTube'ning Stories funksiyasidan kontent yaratuvchilari vaqtinchalik o'zgarish va yangilanishlarni e'lon qilish, shuningdek, o'zlarining yangi videolari sahna orti jarayonlarini post qilish kabi holatlar uchun foydalanishlari mumkin bo'lgan. Biroq, bugungi kunga kelib ushbu funksiyadan unchalik ko'p odam foydalanmayotganga o'xshaydi – kompaniyaning ta'kidlashicha Community postlari Stories'ga qaraganda ko'proq komment va layklar jalb qilmoqda. 

Xuddi Instagram'dagidek YouTube storislari ma'lum vaqtdan so'ng avtomatik ravishda yo'qolar edi, faqat 7 kunda. Ammo siz Instagram'da bo'lganidek YouTube Stories'laringizni o'z profilingizga saqlab qo'ya olmasdingiz.

Aytish kerakki, YouTube'da Stories'larning yo'qolishi unchalik katta narsa emas yoxud Community postlari uning o'rnini bosa oladi. Kompaniya yaqinda unga qo'yilgan "kamida 500 ta obunachilar" talabini olib tashladi va uning imkoniyatlarini kengaytirdi: endi ijodkorlar ma'lum vaqtdan so'ng avtomatik o'chib ketadigan Community postlarini yaratishlari mumkin.

Stories funksiyasi 26-iyundan yopiladi, ya'ni ushbu sanadan e'tiboran siz undan ortiq foydalana olmaysiz.

Birinchi marta Snapchat tomonidan taqdim qilgan Stories funksiyasini ko'plab ijtimoiy tarmoqlar o'zlashtirgan bo'lsada, YouTube uni "chopayotgan" birinchi platforma emas. Twitter'ning Fleets nomli vaqtinchalik postlari ham bir yil ichida yo'qolgan edi. LinkedIn ham 2021-yilda o'zining Stories funksiyasini "boltalagan".

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!