Yunusobodda 20 million AQSh dollarlik ilmiy-texnologik parki ishga tushiriladi!

Yunusobodda 20 million AQSh dollarlik ilmiy-texnologik parki ishga tushiriladi!

Yaqin kunlarda poytaxtimizning Yunusobod tumanida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda o‘zbek-xitoy ilmiy-texnologik parki ishga tushirilishi kutilmoqda. Bu haqda Vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

An’anaviy sharq davolash usullari asosidagi Xitoy tibbiyot markaziga bugunga kelib 20 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritilgan bo‘lib, 300 ta ish o‘rni tashkil etilishi nazarda tutilgan. Bu markazning o‘ziga xosligi shundan iboratki, unda ham sharq tabobatining asrlar davomida sinovdan o‘tgan davolash uslublari, ham g‘arb tibbiyotining ilg‘or natijalaridan foydalaniladi.

O‘QING: 2021 yilgacha O‘zbekistonda ilmiy-tadqiqot faoliyatlari uchun davlat mablag‘lari oshiriladi

Mazkur tibbiyot maskanining qurilishiga Xitoy Xalq Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti Bay Chunli (Bai Chunli) hamda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Biorganik kimyo instituti direktori Shavkat Solihov tamal toshlarini qo‘yishgan bo‘lib, hozirda 6000 kv. m maydonli 4 qavatli tibbiy diagnostika markazining korpusi va uchta mehmonxona binolarining qurilishi yakunlanmoqda.

Zavod qurilishi import o‘rnini bosuvchi generik dorilarni ishlab chiqarish va ularning tannarxini arzonlashtirishga xizmat qiladi. Bu esa hududimizdagi kasalliklarni oldini olish va ularni davolashga mo‘ljallangan yangi original dori vositalardan foydalanish imkonini beradi. O‘z navbatida, ilmiy muassasalarda yaratilgan yangi dori vositalarni amaliyotga tatbiq etishda tajriba-sinov va texnologik reglamentlarni yaratish uchun amaliy yordam beradi. Farmatseftik kompaniyalarda ishlayotgan mahalliy texnik kadrlarning malakasini oshirishga ko‘maklashish, zamonaviy tashhislash jarayoniga xorijiy klinikalarning yetakchi mutaxassislari ishtirokida konsalting xizmatlarini tashkillashtirish ham markaz oldiga qo‘ygan vazifalardandir. Shuningdek, klinika joylashgan hududda yashovchi, ijtimoiy qiynalgan 100 ta oilaga xar yili 1 marta yengillashtirilgan tibbiy xizmat ko‘rsatish ham rejalashtirilgan.

Yozlishicha, mazkur o‘zbek-xitoy ilmiy texnologik parki kadrlar tayyorlash va zamonaviy ilm-fan natijalarini amaliyotga jalb etishning o‘ziga xos platformasini shakllantirish orqali fan, ta’lim va ishlab-chiqarishning o‘zaro integratsiyalash natijasida o‘ziga xos namunaviy innovatsion klasterni yaratishga xizmat qilishi kutilmoqda.

O‘QING: Innovatsion rivojlanish vazirligida yangi tayinlovlar

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!