Yurtimizda arzonlashgan Xitoyning uchta kuchli smartfoni

Yurtimizda arzonlashgan Xitoyning uchta kuchli smartfoni

Xitoylik kompaniyalar munosib smartfonlarni ishlab chiqarishni boshlaganlariga ancha bo‘lgan. Ular bozordagi bosh raqiblari bo‘lgan Apple hamda Samsung kompaniyalarining mobil qurilmalariga qarshi raqobat qila oladilar. Shu bilan birga, xitoylik flagmanlar nisbatan hamyonga ham to‘g‘ri keladigan narxlar bilan e’tiborimizni tortib kelgan. Ayniqsa, ularning taqdimotidan bir oz fursat o‘tsa va yangi "merosxo‘r" taqdim qilinsa, bu smartfonlar sezilarli darajada arzonlashadilar.

Quyida sizga 2018 yilning birinchi choragi yakuniga kelib narxini ancha "tashlagan" xitoylik uchta munosib smartfonlar bilan tanishtirmoqchimiz.

Xiaomi Mi MIX 2 — deyarli 1 million so‘mga arzonlashgan.

2017 yilning noyabrida Xiaomi kompaniyasi tadim etgan Mi MIX 2 flagmani old panelining 93 foizi ekrandan iborat bo‘lgani diqqatga sazovor. 5,99 dyuymli, 2160×1440 pikselli va tomonlar nisbati 18:9 o‘lchamli displey yuqori sifatli.

Smartfonda 8 yadroli, chastota tezligi 2,4 GGs bo‘lgan Snapdragon 835 protsessori va 6 gigabaytli tezkor xotira, 12 megapikselli bosh va 5 megapikselli old kamera, tok sig‘imi 3400 mA soat akkumulyator o‘rnatilgan.

Mi MIX 2 2017 yilning so‘nggiga qadar yurtimizda 4.8 million so‘mdan sotilayotgan edi. Ayni paytda esa bu flagmanni 3.7 million so‘mdan xarid qilish mumkin.

OnePlus 5T — 700 ming so‘mga arzonlashgan!

OnePlus 5T — 2017 yilning noyabrida taqdim qilingan yana bir kuchli flagman. Undagi 6.1 dyuymli ekran matritsasi Optic AMOLED texnologiyasi asosida tayyorlangan va piksellar sig‘imi — 2160x1080 belgiga teng.

OnePlus 5T bosh kamerasi 20 va 16 Mp, old kamerasi 16 megapikselli sensorlardan iborat. Unga ham o‘tgan yilning kuchli chipi bo‘lgan Snapdragon 835 o‘rnatilgan.

OnePlus 5T 2017 yilning oxirlarida yurtimizda 4.8 million so‘mdan sotilayotgan edi. Ayni paytda uni 4 million so‘mdan boshlab xarid qilishingiz mumkin.

Jihatlari
Displey: 6 dyuymli, 2.5D effektidagi Corning Gorilla Glass 5 shishasi bilan qoplangan;
Protsessor: Snapdragon 835 — 8 yadro, 2,45 GGs chastotali;
Bosh kamera: qo‘sh -- 20 Mp + 16 Mp, diafragma F1,7;
Old kamera: 16 Mp;
Xotira: 6 GB / 8 GB tezkor, 64 GB / 128 GB doimiy;
Akkumulyator: 3300 mA/ soat;
OT: Android 7.1.1 Nougat'ning Oxygen OS talqini;
O‘lchami, vazni: 156,1x75x7,25 mm, 162 gramm.

Honor 9 — 600 ming so‘mga arzonlashgan!

2017 yilning 12 iyunida taqdim qilingan Honor 9 ilg‘or platforma, qo‘sh sensorli bosh kamera va ko‘zni quvnatadigan dizayni bilan o‘ziga xos. Gadjet ilg‘or bo‘lish barobarida, raqiblaridan 2 barobar arzon.

5,15 dyuymli (IPS matritsa) Full HD sig‘imli displey old panelning 70 foiz maydonini egallagan.

Smartfon 8 yadroli, chastota tezligi 2,4 GGs bo‘lgan Kirin 960 protsessori, Mali-G71 videokartasiga ega. Bu protsessor, shuningdek Huawei P10 va Mate 9 flagmanlariga ham o‘rnatilgan.

Akkumulyatorning elektr toki sig‘imi 3200 mA soat bo‘lib, smartfon USB Type-C universal porti hamda Super Charge 3.0 texnologiyasi yordamida tezkor quvvat oladi.

Honor 9 ham qo‘sh ob’yektivli bosh kameraga ega bo‘lgan. Bu modullardan biri 12, boshqasi 20 megapikselli. Ularning aperturasi f/2,2. Bu sensorlarning biri monoxrom — manzarani oq-qora, boshqasi rangli suratga oladi. Natijada, suratning dinamik diapazoni kengayib, detallarga boy bo‘ladi.

Honor 9 olgan suratlar sifatiga ko‘ra iPhone 7 Plus olgan suratlar sifatidan aslo qolishmaydi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!