Yurtimizda mashhur Umidigi yangi smartfon taqdim qildi

Yurtimizda mashhur Umidigi yangi smartfon taqdim qildi

Xitoyning arzon va nisbatan ilg‘or smartfon ishlab chiqaruvchi Umidigi brendi kecha Z2 Pro hamda Z2 deb nomlangan yangi smartfonlarni taqdim qildi.

Ikkala smartfon ham 6,2 dyuymli hamda piksel sig‘imi 2246x1080 belgiga teng, 19:9 o‘lchamli, shuningdek yuqorisida o‘yig‘i bor ekran, 6 gigabaytli tezkor xotira, 16 + 8 megapikselli sensorlardan iborat bosh kamera, 18 Vt.li tezkor quvvatlash funksiyasi, toza Android 8.1 operatsion tizimiga ega bo‘lgan.

Shisha hamda metalldan tayyorlangan korpus o‘lchamlari: 153,4x74,4x8,3 mm, smartfon vazni esa 165 gramm.

O‘qing: Xitoylik yirik smartfonsoz faoliyatini yakunlamoqda, Huawei navbatda turibdi

Smartfonlarning bir-biridan farqi: Z2 modeli MediaTek kompaniyasi ishlab chiqargan Helio P23 protsessoriga, Z2 Pro modeli esa yangi P60 protsessoriga ega bo‘lgan.

Shu bilan birga, Z2 Pro doimiy xotirasi 128 gigabaytli bo‘lsa, kichik talqin 64 gigabaytli xotira bilan ta’minlangan. Yuqori talqin akkumulyatori ham sig‘imdor: 4050 mA soat. Z2 modelidagi "quvvat toshi"ning tok sig‘imi 3650 mA soat. Yana bir muhim farq -- yuqori talqin 15 Vt standarti bo‘yicha simsiz quvvat oladi va unda kontaktsiz to‘lov uchun NFC moduli mavjud.

Ma’lum qilinishicha, Z2 modeli bozorga $250 dollar, Z2 Pro esa 300 AQSh dollari atrofida sotuvga chiqariladi.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda yurtimiz smartfon bozorida Umidigi brendining UMIDIGI S2 modeli ancha ommalashgan va yaxshi sotilmoqda. Uning narxi O‘zbekistonda o‘rtacha 150 AQSh dollarini tashkil qiladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.