Yuzni asrang, endi Facebook’ka aynan u bilan kirasiz!

  •   DiMaX
  •  1672
  •  03.10.2017 14:11

Yuzni asrang, endi Facebook’ka aynan u bilan kirasiz!

Facebook kompaniyasi xuddi iPhone X’dagi Face ID kabi, o‘zining yuzni skanerlash tizimini yaratish ustida ish olib bormoqda. Bu to‘g‘rida, ijtimoiy tarmoq jamoasidagi manbalarga tayangan holda, TechCrunch nashri yozayotir.

Ijtimoiy tarmoqqa kirishda shaxsni tasdiqlashning bu yangi usulini hozircha, ikki bosqichli autentifikatsiyalash funksiyasiga ulangan telefoni yonida bo‘lmagan foydalanuvchilar o‘z akkauntiga tezkorlikda kirishlarini ta’minlash uchun taqdim etiladi.

 «Biz yangi funksiyani, o‘z akkauntiga kirish uchun shaxsini tezda va osonlik bilan tasdiqlashni istagan foydalanuvchilar uchun sinovdan o‘tkazyapmiz, – deyishgan Facebook vakillari. – Mazkur funksiya faqatgina, oldin ham ayni shu akkauntga kirilgan qurilmalarda ishlaydi. Yuzni tasdiqlash orqali akkauntga kirish – ikki bosqichli autentifikatsiyalash bilan birga qo‘shimcha himoya chorasi bo‘lib xizmat qiladi».

Ushbu texnologiya hozirda sinov bosqichida amalga oshirilmoqda. Agarda u shaxsni tasdiqlashning yetarlicha xavfsiz usuli sifatida o‘zini namoyon eta olsa, dasturchilar uni ommaviy foydalanish uchun taqdim etishlari mumkin. Ayni damda Facebook foydalanuvchi shaxsini tasdiqlashning bir nechta variantini qo‘llab kelayotir, ammo ularning ishonchliligidan xotirjam emas.

Aytish kerakki, Face ID funksiyasi Apple’ning «yubiley ayfoni»da joriy etilgan, ammo taqdimot marosimidayoq bu funksiya ishlamay qolib, ancha gap-so‘zlarga sabab bo‘lgan edi. Keyinchalik kompaniya bu xatosini rasman tan olgan. Huawei esa bu borada Apple’ning ustidan kulib videolavha ham tayyorlagan va o‘zining yangi flagmanida Face ID’ning haqiqiy namunasini ko‘rsatishiga shama qilgan. Bu qurilma Huawei’ning o‘z ishlanmasi bo‘lmish, sun’iy idrokka ega Kirin 970 protsessori bazasida ishlaydi va kompaniya u to‘g‘risida: «Mate 10 – bu shunchaki smartfon emas, balki ongli mashinadir», deya maqtanmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!