ZTE Axon 9 Pro smartfonining ilk fotosuratini namoyish qildi

  •   Saroy
  •  955
  •  23.08.2018 10:55

ZTE  Axon 9 Pro smartfonining ilk fotosuratini namoyish qildi

Avgust oyining boshida ZTE kompaniyasi o‘zining yangi  Axon 9 flagmani va uning avvalgi versiyasi  Pro’si bilan  bozorga qaytayotgani haqda yozgandik.  Endi esa, ishlab chiqaruvchi Axon 9 Pro’ning ilk suratlarini namoyish qildi va anons kunini ham e’lon qilishdi.

Reklama tizerida ko‘rish mumkinki, yangi va zamonaviy smartfon  klassik uslubdagi shakl-shamoyilga ega bo‘lib, yupqa yon romli va ekranda qirqmasi ham bor. Orqa panelda ikkitalik vertikal kamera, ZTE logotipi va barmoq izlari skaneri ko‘rinib turibdi. Axon 9 va Axon 9 Pro  shu yilning 30 avgustida IFA 2018 ko‘rgazmasi arafasida omma e’tiboriga havola etiladi.

O‘QING:ZTE hayotga qaytayapti: Axon 9 debyuti bilan

Mish-mishlarga qaraganda, Axon 9 Pro  6-dyuymli  QHD+ ekraniga va ikkitalik kameraga ega bo‘ladi, shuningdek 13-megapikselli selfi-kamerasi ham bor. Qurilma flagman sanalgan  Snapdragon 845 chipi bilan ta’minlanadi. Tezkor xotirasi  4 yoki  6 gigabayt hamda ichki xotirasi 64, 128 va 256 gigabayt. Narx borasida hozircha aniq xabar berilmadi.

O‘QING:ZTE kompaniyasiga qo‘yilgan taqiq butunlay olib tashlandi, ammo ko‘rilgan zarar oz emas

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!