ZTE biryo‘la ikkita «kemtik»li ekranga ega smartfon chiqaradi

  •   DiMaX
  •  1260
  •  28.04.2018 18:58

ZTE biryo‘la ikkita «kemtik»li ekranga ega smartfon chiqaradi

O‘tgan yilgi iPhone X superflagmani taqdim etilganidan so‘ng ko‘plab smartfonsozlar xuddi unikidek – «o‘yiq»li ekranga ega modellar ustida ishlay boshlashdi. Bu borada yetakchi kompaniyalar ham, uncha tanilmagan xitoylik ishlab chiqaruvchilar ham faollik ko‘rsatishmoqda.

O‘QING: Mutaxassislar: Joriy yilda «o‘yiq» displeyli telefonlar ommalashadi

ZTE korporatsiyasi esa yanada ilgarilab ketdi – uning navbatdagi smartfonlaridan biri biryo‘la ikkita «o‘yiq»qa ega displey bilan jihozlanadi!

Bundan ikki hafta avaal ushbu kompaniya shunday smartfon konseptini ko‘rsatgan va u ZTE Iceberg deb nomlangan edi. Endi esa uning xuddi shunday qurilma ta’riflangan patent arizasi internet kengliklariga chiqib ketdi.

Patent chizmalariga ko‘ra, displeyning yuqorisidagi «kemtik»da faqat old kamera joylashgan, boshqa datchiklar va dinamik esa – yo‘q. Pastki «o‘yiq»da bo‘lsa «Uyga» tugmachasi joylangan. Qizig‘i – barmoq izi skaneri ham unga joriy etilgan emas, balki orqa panelda alohida joylashtirilgan.

Aytish kerakki, bu hali shunchaki patent, ammo ZTE chindan ham ikkita «o‘yiq»li ilk smartfonni tez orada taqdim etishi ehtimoli yuqori.

O‘QING: ZTE 10/256 GB xotirali fantastik smartfon tayyorlamoqda! (+video)