ZTE nubia Red Magic 7'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

ZTE nubia Red Magic 7'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

O‘yinbop smartfonlar segmentida ham kuchli raqobat yuzaga kelmoqda. Kompaniyalar o‘yin o‘ynash unumdorligi yaxshilash uchun o‘zlarining yangi apparat va dasturiy ta’minotlarini ishlab chiqishmoqda. 

O‘QING: iQOO 9 Pro'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz 

ZTE kompaniyasining Red Magic 7 seriyasi smartfonlari arzon narxi evaziga kuchli texnik taklif qiladi. Ularga o‘rnatilgan sovutish tizimlari esa xuddi kompyuter va noutbuklarning sovutish tizimiga o‘shaydi. 

Qurilmaga Snapdragon 8 Gen1 chipi o‘rnatilganilgini hisobga olib, kompaniya sovutish tiziming havo oqimini 35% ga yaxshilagan. 

Smartfonning turli xil xotiraga ega turlari mavjud, eng kichigi 8/128GB dan boshlanadi. Displey texnik jihatlari o‘zgarmagan, ya’ni Red Magic 7 modeliga 165Hz chastotada ishlovchi 6.8 dyuymli AMOLED displeyi o‘rnatilgan. 

 

ZTE nubia Red Magic 7'ning texnik jihatlari: 

> Korpus: 170.6x78.3x9.5mm, 215g; old panel shisha, orqa panel shisha, alyuminiy rom. 

> Displey: 6.80 dyuymli AMOLED, 165Hz ekran yangilanish chastotasi, 700 nit yorqinlik (odatiy), 1080x2400 piksel rezolyutsiya, 20:9 forma faktori, 387ppi zichlik. 

> Chipset: Qualcomm SM8450 Snapdragon 8 Gen 1 (4 nm): Sakkiz yadroli (1x3.00 GHz Cortex-X2 & 3x2.50 GHz Cortex-A710 & 4x1.80 GHz Cortex-A510); Adreno 730. 

> Xotira: 8/128GB, 12/128GB, 12/256GB, 16/256GB, 18/512GB; UFS 3.1. 

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 12, Redmagic 5.0. 

> Kamera: Asosiy kamera: 64MP, f/1.8, 26mm, 1/1.97“, 0.7µm, PDAF; Ultrakeng kamera: 8MP, f/2.0, 120˚, 13mm, 1/4.0“, 1.12µm; Makro kamera: 2MP, f/2.4. 

> Selfi kamera: 8MP, f/2.0, (qeng), 1/4.0“, 1.12µm. 

> Video yozuv: Asosiy kamera: 8K@30 kadr/sek, 4K@30/60 kadr/sek, 1080p@30/60/120/240 kadr/sek; Selfi kamera: 1080p@30 kadr/sek. 

> Akkumulyator: 4500 mAc; 120 vatt quvvatlash texnologiyasi, 100% - 17 daqiqada (reklamaga ko‘ra) - Xitoy uchun, 65 vatt quvvatlash texnologiyasi - Xalqaro bozor uchun, Power Delivery 3.0. 

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (ekran ostida, optik); NFC; 3.5 mm audio jek. 

Qiziq tomoni shundaki, Red Magic 6s modeli bilan taqqoslaganda yangi modelning akkumulyator sig‘imi 5,050 mAs dan 4,500 mAs ga kamaydi. Biroq Xitoy uchun ishlab chiqarilgan versiyasining quvvatlanish tezligi 30 vattdan 120 vattga, global versiyaniki esa 65 vattga oshdi. 

Qadoq tarkibi

Qurilma qutisidan smartfon bilan birga quvvatlash adapteri, USB-C kabeli va silikon g‘ilof o‘rin olgan. 

O‘QING: Samsung Galaxy S22+ 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!