ZTE sakkiz yadroli Blade A2 Plus modelini sotuvga chiqaradi

ZTE sakkiz yadroli Blade A2 Plus modelini sotuvga chiqaradi

Xitoyning ZTE kompaniyasi Blade A2 modelining katta ekranli va kuchli batareyali versiyasini namoyish qilish arafasida. Bu haqda China-Review sayti ma’lumot bergan.

Blade A2 Plus smartfoniga 5,5 dyuymli Full HD ekran, sakkiz yadroli MediaTek MT6750 protsessori (Mali-T860 grafik adapteri bilan), 3/4 GB tezkor va 32 GB doimiy xotira o‘rnatilgan. Qurilma sig‘imi 4900 mA/st bo‘lgan batareyadan quvvatlanadi.

Telefon aniqligi 13 MPli asosiy va 8 MPli old kameraga ega. Ikkita SIM-karta faoliyatini qo‘llab-quvvalaydi.

Model Android 6.0 Marshmallow dasturida ishlaydi. Orqa panelda barmoq izi skaneri joylashgan. ZTE Blade A2 Plus narxi va boshqa tafsilotlar 14 oktyabrda ma’lum qilinadi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!