Zuk kompaniyasidan qayrilma kamerali smartfon

Zuk kompaniyasidan qayrilma kamerali smartfon

Lenovo ishlab chiqarish kompaniyasi rahbarligidagi Zuk kompaniyasi yangi smartfoniga qayrilma kamera o‘rnatishi mumkin. Zuk Z2 qurilmasi haqidagi ba’zi ma’lumotlar internet tarmog‘ida ko‘rindi, deb xabar beradi GSM Arena.

Kamera devaysning yuqori qismida joylashgan qayrilma mexanizmga o‘rnatiladi va uni suratga olish chog‘ida ham asosiy, ham frontal kamera sifatida ishlatish mumkin. Ayniqsa, bu selfi chog‘ida qo‘l keladi. Zuk Z2 metall korpusli va uning old hamda orqa paneli 2.5D oinasi bilan qoplangan.

Ma’lumki, Zuk brendi o‘zining ilk smartfoni—Z1 ni joriy yilning avgust oyida ommaga taqdim etgandi. Keyinroq kompaniya shaffof ekranli smartfon prototipini ko‘rsatgan, noyabr oyida esa Zuk`ning bosh direktori 2016 yilda smartfonlarning ikkinchi avlodi ishlab chiqarilishini ma’lum qilgandi.

Manbaning yozishicha, Z2 smartfon Snapdragon 820 chipseti bazasida yig‘ilishi mumkin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!