Apple bloklagan Fortnite o‘yinini iPhone va iPad’larga qaytarish yo‘li topildi!
Epic Games bilan oradagi mojarolar tufayli Apple o‘ta ommabop Fortnite o‘yinini App Store do‘konidan olib tashlagan. Lekin dasturchilar ayfon va aypadlar egalariga uni qaytarib berishning ilojini topishdi.