2016 yilning 3–6 noyabrida Toshkentda «Media, reklama va zamonaviy texnologiyalar» xalqaro forumi bo‘lib o‘tadi

2016 yilning 3–6 noyabrida Toshkentda «Media, reklama va zamonaviy texnologiyalar» xalqaro forumi bo‘lib o‘tadi

SAIPRO axborot reyting agentligi Forum tashkilotchisi bo‘lib, tadbir O‘zbekiston Respublikasi elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi rasmiy ko‘magida o‘tkazilmoqda, deb Daryo.uz yozmoqda.

Tadbir bosh homiysi — «Huawei Tech Investment Tashkent» MChJ XK, homiylar qatorida  «O‘zbekiston kabel televideniyesi» va ZO‘R TV telekanali. Tadbirning telekommunikatsiya hamkori — UMS mobil aloqa operatori. UzReport TV telekanali forum bosh axborot hamkori bo‘ldi.

Forumning bosh vazifasi mass-media bozori turli ishtirokchilarining o‘zaro hamkorlik qilish masalalarini muhokama qilish uchun interaktiv maydonni yaratish, media-kontentni shakllantirish va yetkazishga innovatsiya texnologiyalarini joriy etishga yordam berish, shuningdek, reklama va marketing strategiyalari va mamlakat mediabozorini rivojlantirish sohasida tajriba va g‘oyalarni almashishga yordam berishdir.

Tadbirning asosiy auditoriyasini teleradiokompaniyalar va boshqa media kompaniyalar, reklama va kreativ agentliklar, kabel, raqamli va yo‘ldosh operatorlari, telekommunikatsiya jihozlari va dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilarining rahbarlari va yetakchi mutaxassislari, media-kontent prodyuserlari va distribyutorlari, shuningdek, tovarlar va xizmatlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning marketing, reklama va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha top-menejerlaridan iborat.

Tadbirda ishtirok etish uchun mamlakat media tuzilmalari rahbarlari bilan birga tele- va radioeshittirish, digital va boshqa media sohalardagi xalqaro nufuzli professional ekspertlar, reklama, marketing, IT va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi mutaxassislar ham jalb etilgan. Ular orasida Discovery Communications (Germaniya), Fremantle Media, Thompson Reuters (Buyuk Britaniya), Huawei (Xitoy), «Gazprom-Media Razvlekatelnoye televideniye», Soft-Lab NSK, «Moskovskiy Teleport», Sony Electronics (Rossiya), Saran Media (Malta), Live U (Isroil), TNS Central Asia (Qozog‘iston), Dentsu Inc. (Yaponiya) va boshqa ko‘plab kompaniyalarning vakillari bor.

Forum doirasida mass-media, reklama va marketing bozoridagi rivojlanishda  birinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lgan mavzular, shu jumladan, jahon va mamlakatdagi media sanoatning rivojlanish istiqbollari; media-kontentni shakllantirish va yetkazish sohasidagi innovatsiyalar; teleauditoriyani o‘lchashdagi xususiyatlar; reklama va marketing strategiyalarining asosiy trendlari; media agentliklarining bugungi kun voqeligida ishlash istiqbollari va boshqa masalalarning muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Forum qatnashchilarini noyob kinonamoyish kutmoqda! Jahon reklamasi durdonalari — Jan Mari Bursikoning mashhur kolleksiyasidan o‘rin egallab olgan Yer kurrasining  barcha burchaklaridan olingan ajoyib roliklar «Reklama shinavandalari  tuni» loyihasining tashkilotchilari tomonidan maxsus havola etiladi.

Forum tashkiliy qo‘mitasi media, marketing va reklama sohasidagi professionallarni, shuningdek, shaxsiy tashabbuslarini samarali ravishda olg‘a surishdan manfaatdor bo‘lgan barchani tarbirda qatnashishga taklif qilishdan mamnunligini ma’lum qiladi. Forumda qatnashish uchun arizalarni qabul qilish shu yilning 25 oktyabriga qadar SAIPRO rasmiy saytida amalga oshiriladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!