Stories qo'yish vaqti keldi! Endi siz ham Telegram'da "istoriya" qo'ya olasiz!

Stories qo'yish vaqti keldi! Endi siz ham Telegram'da

Bir necha kun avval Telegram allaqachon Stories funksiyasini barcha uchun taqdim qilganiga qaramay undan O'zbekiston va boshqa ayrim davlat fuqarolari foydalana olmayotganligi yoxud u so'nggi yangilanishdan keyin ham paydo bo'lmagani haqida yozgan edik. Shundan so'ng kecha tunda Telegram'da Stories qo'yish imkoniyati barcha o'zbekistonliklar uchun paydo bo'lganligi ma'lum bo'ldi. Shu munosabat bilan Telegram Stories'ga oid quyidagi 10 ta faktni ulashmoqchimiz.

  1. Telegram'da siz boshqalarning Stories'larini ularni kontaktini o'chirib yubormasdan yoki bloklamasdan yashirib qo'yishingiz mumkin. Buning uchun Stories'lar qatoridan ularning profillari ustiga bosib turing va paydo bo'lgan menyudan "Stories'ni yashirish" tugmasini bosing.
  2. Odat bo'yicha siz tez-tez aloqa qilib turadigan 5 ta kontaktlaringizdan Stories qo'yilganligi haqida bildirishnomalar qabul qilasiz. Siz shu kabi bildirishnoma sozlamalarini barcha foydalanuvchilar uchun yoqishingiz yoki o'chirishingiz mumkin. Buning uchun ularning Stories'lariga o'ting va yuqori burchakdagi uch nuqtali tugmani bosib, keyin esa "Stories haqida xabar bering" tugmasini bosing.
  3. Kimnidir Stories'larini ko'rish davomida siz ularga yurakchani bosish bilan reaksiya bildirishingiz yoki matn bilan javob yozishingiz mumkin. Ta'kidlash joizki, yurakchani bosib turish bilan siz boshqa yuzlab emojilarning biri bilan reaksiyalar qoldirishingiz ham mumkin.
  4. Telegram'da Stories yaratishda siz tasvirga olish tugmasini bir marta bosish bilan surat olishingiz, uni bosib turish bilan esa videoga olishni boshlashingiz mumkin. Videoga olish davomida tasvirga olish tugmasini chapga surish bilan harakatni qulflab qo'yishingiz, ekranni o'ngga surish bilan kameralarni o'zgartirishingiz, ekranni yuqoriga surish bilan esa zum qilishingiz mumkin.
  5. Tayyor mediani Stories'ga qo'yish jarayonida siz unga matn, stiker, GIF yoki lokatsiya qo'shishingiz, shuningdek, uning yorqinligi, kontrasti va ranglar to'yinganligini o'zgartira olasiz. Ha, aytgancha, Stories'laringizni ularni joylab bo'lgandan keyin ham istalgan vaqt tahrirlashingiz mumkin.
  6. Telegram'ga Stories joylashda siz ham old, ham orqa kameralaringizdan foydalanishingiz mumkin. Aytish kerakki, ushbu bu funksiya faqat uni qo'llab-quvvatlaydigan ayrim kuchli smartfonlarda ishlaydi.
  7. Stories'laringizni siz barcha uchun, faqat kontaktlaringiz uchun, faqat yaqin do'stlaringiz uchun yoki faqat tanlanganlar uchun ko'rsatishingiz mumkin. Shuningdek, siz Stories'laringizni skrinshot qilishlariga yoki profilingizga saqlab qo'yilishiga ruxsat berishingiz/bermasligingiz ham mumkin.
  8. Stories'laringizni vaqti tugagandan so'ng ular Stories'lar arxiviga tushadi. U yerda siz eski Stories'laringiz ko'rishingiz, o'chirib yuborishingiz yoki profilingizga qo'shib qo'yishingiz mumkin bo'ladi.
  9. Stories'laringizni joylaganingizdan so'ng siz ularning muddati tugagunga qadar uni kimlar, qachon ko'rgan va reaksiya bildirganini ko'rishingiz mumkin. Bunda ushbu statistika Stories muddati tugagandan so'ng yo'qoladi, faqat umumiy ko'rishlar va reaksiyalar soni qoladi.
  10. Agar siz Premium obunaga ega bo'lsangiz unda siz Stories'lar bilan bog'liq quyidagi afzalliklarga ham ega bo'lasiz:

    Ustuvorlik – sizning Stories'laringiz boshqalarga birinchilardan bo'lib ko'rsatiladi;
    Yashirinlik – siz boshqalarning Stories'larini ko'rishingiz mumkin, lekin ular buni bilishmaydi (25 daqiqa ichida);
    Abadiy ko'rish tarixi – hatto Stories'laringiz 24 soatdan keyin yo'q bo'lganda ham ularni ko'rganlar tarixi yo'qolmaydi;
    Maxsus amal qilish muddati – Stories'laringiz qancha vaqtda yo'qolishini 24 soatdan ko'ra 6, 12 yoki 48 soatgacha o'zgartirish imkoniyati;
    Stories'larni galareyangizga saqlab qolish – istalgan Stories'larni galareyangizga yuklab ololasiz, agar ular himoyalanmagan bo'lsa;
    Yaxshiroq subtitrlar – Stories'laringiz ostiga 10 karra kattaroq subtitrlar joylash va shu bilan birga link va xohishiy formatlash imkoniyatlari;
    Ko'proq Stories'lar – kuniga 100 tagacha Stories qo'yish imkoniyati.

Stories qo'yish uchun Telegram ilovangiz eng so'nggi versiyada bo'lishi kerak. Ortiqcha muammolar yuzaga kelmasligi uchun Telegram'ning faqat rasmiy ilovasidan foydalanish tavsiya qilinadi. 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!