Adobe “sun’iy aql” yordamida omadsiz selfilarni to‘g‘irlaydigan ilova yaratdi

Adobe “sun’iy aql” yordamida omadsiz selfilarni to‘g‘irlaydigan ilova yaratdi

Amerikaning Adobe dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi kompaniyasi selfilarni tahrir qiluvchi yangi ilovasining namoyishiga bag‘ishlangan videoni taqdim qildi. Ilova yordamida hozircha iPhone foydalanuvchilari muvaffaqiyatsiz chiqqan selfilarni to‘g‘irlash yoki undagi ba’zi jihatlarni o‘zgartirish, yuz-qiyofani va surat orqasidagi fonni tahrir qilishlari, suratning fokusini o‘gartirish va tiniqligini ta’minlashlari mumkin bo‘ladi.

Adobe Research bo‘linmasi tomonidan ishlab chiqarilgan ilovaning taqdimot videosida bosh qahramon smartfon yordamida o‘zini selfi-suratini oladi. Bu suratda o‘ziga ma’qul boshqa kadrlarning foni hamda uslubini, rangini tatbiq qiladi. Hattoki ilova yordamida osongina selfidagi bosh-yuz yo‘nalishini ham o‘zgartirish mumkin. Gap shundaki, ilovadagi barcha amallar unga joriy qilingan “sun’iy aql” tizimi yordamida bajariladi.

Hozircha ilovaning qachondan yuklab olinishi mumkinligi to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q. Bu bizga ma’lum bo‘lishi bilan, sizga xabar qilamiz!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!