Almashtirib berilgan ba’zi Galaxy Note7 smartfonlari qizib, zaryadni tez sarflamoqda

Almashtirib berilgan ba’zi Galaxy Note7 smartfonlari qizib, zaryadni tez sarflamoqda

Ayni paytda Samsung kompaniyasi Janubiy Koreya va AQShda Galaxy Note7 smartfonlarini almashtirib bermoqda. Biroq Janubiy Koreyalik iste’molchilar almashtirib berilgan xavfsiz Galaxy Note7 smartfonlarining qizishi va batareya zaryadini juda tez sarflashidan shikoyat qilishmoqda. Bu borada ommabop gsmarena nashrida xabar berilgan. Hozircha almashtirligan yangi Galaxy Note7 smartfonlaridagi bunday muammo faqat Janubiy Koreyada yashaydigan foydalanuvchilarda aniqlangan.

Xavfsiz Galaxy Note7 fabletlarida bunday muammoning sababi va uning tarqalish geografiyasi hozircha ma’lum emas. Balki bu shunchaki telefonga o‘ta ehtiyotkorlik bilan yondashgan foydalanuvchilarning bezovtaligi bo‘lishi ham mumkin. Chunki smartfondan faol rejimda foydalanganda u qizishi va batareya quvvatini odatdagidan tezroq sarf qilishi mumkin.

Hozircha kompaniya yangi fabletda kuzatilgan bu kabi muammolar batareyaga bog‘liq emas, deb barchani ishontirishga urinmoqda. Shuningdek, Samsung ushbu holatlarning har birini batafsil tekshirishga va’da bergan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!