Android One smartfonlari Android 7.0 versiyasiga yangilanishni boshladi

Android One smartfonlari Android 7.0 versiyasiga yangilanishni boshladi

Google’ning Nexus turkumiga kiruvchi smartfonlardan keyin hamyonbop Android One qurilmalari ham Android 7.0 Nougat versiyasiga yangilanishni boshladi. Android One telefonlariga ega Cherry Mobile G1 abonentlariga dasturni Android 7.0 versiyasiga yangilash haqida bildirishnomalar kelgan. Cherry Mobile G1 tomonidan sotilgan Android One smartfonlari mazkur nomda chiqarilgan telefonlar dasturidan o‘rin olgan partiyalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun boshqa operator yoki riteylerlar tomonidan sotilgan Android One qurilmalari ham tez orada Android 7.0 dasturiga yangilanishi mumkin.

5P3RmBvZDxDkaw9PTIDRz1le2z26z2z0VgktGnsCz1CAeKDiVCz2ciRxilBKshsl

Jumladan, mamlakatimizda bunday turkumdagi telefonlar Artel savdo belgisi tarafidan General Mobile Android One nomi ostida sotuvga chiqarilgan edi. Mazkur smartfonlar sohiblari ham tez kunlarda, o‘ylaymizki, yangi dastur versiyasini o‘rnatishlari mumkin bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, Android 7.0 Nougat internet trafikni tejash, batareya quvvatini optimallashtirish, yangi interfeys dizani va qo‘shimcha funksiyalarni yanada samarali boshqarish imkoniyat bilan avvalgi versiyalardan farqlanadi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!