Android uchun “fayllar menejeri” bepul dasturi yaratildi

Android uchun “fayllar menejeri” bepul dasturi yaratildi

So‘nggi paytlarda Android foydalanuvchilarining aksariyati mobil qurilmalardagi fayllarni boshqarishda keng imkoniyatli menejerga ehtiyoj sezmoqdalar. Ishlab chiqaruvchi tomonidan o‘rnatilgan, mazkur funksiyaga ega dastur esa hammani ham qanoatlantirayotgani yo‘q. Birinchi galda fayllarni boshqarish menejeridan fayllarni yuklab olish jarayonini, ma’lum turdagi, misol uchun “dokument” yoki “arxiv fayl” kabi hujjatlarni boshqarishda, fayllarni izlash va uzatishda foydalaniladi.

Bugungi kunda qadar shunday ko‘nikmaga ega Finder dasturi ko‘pchilikka tanish, undan Apple’ning macOS va OS X tizimiga ega qurilmalarida foydalanib kelinar edi.

Android mobil aloqa vositalari uchun ishlab chiqarilgan fayllar menejerining nomi (Finder) hamda uning ramziy belgisining ko‘rinishi ham Apple’ning dasturidan o‘g‘irlangan, ya’ni bir xil. Dasturchilar o‘z mahsulotlarini tezroq ommalashtirish uchun shunday qilganliklarini tushunish mumkin.

finder_screen4.@750 finder_screen1.@750

Dastur yengil va oson ishlaydi, o‘z vazifasini tezkorlik bilan amalga oshiradi. Siz uning yordamida qurilma ekranida fayl hamda jildlarning ma’qul talqinini o‘rnatishingiz, turli ko‘shimcha ma’lumotlarni aks ettirish yoki o‘chirib qo‘yish imkoniga ega bo‘lasiz.

finder_screen7.@750 finder_screen6.@750

Finder fayllarni boshqarish menejeri sizga fayllarning xotiradan qancha joyni egallab turgani haqida ma’lumot beradi. Eng muhimi – uning yordamida kerakli, muayyan turdagi faylni tezda topish mumkin. Shuningdek, yuklangan, foto, video yoki audio fayllarga tezda o‘tib, ularni boshqarish mumkin.

Dastur juda qulay va sodda ko‘rinishga ega. Muhimi — uni tekinga yuklab olish mumkin. Birgina e’tirozli jihati Finder dasturi foydalanuvchilariga tijorat reklamalari namoyish qilib boradi.

Dastur nomi: Finder — File Manager Explorer

Ishlab  chiqaruvchi: Antivirus Free — GPaddy Mobile Security

Narxi — bepul.

Yuklab olish: Google Play

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!