Apple muvaffaqiyatli ayfonini ishlab chiqarishdan voz kechadi

Apple muvaffaqiyatli ayfonini ishlab chiqarishdan voz kechadi

Elektronika va maishiy texnika vositalari sotiladigan "Malika" savdo rastalari bo‘ylab ayfon narxlari bilan tanishar ekansiz, o‘rtacha 340 AQSh dollari narxida sotilayotgan iPhone SE'ning hozircha eng arzon ayfon ekaniga guvoh bo‘lasiz.

iPhone SE nega zo‘r smartfon?

iPhone SE -- zamonaviy va samarador mini-smartfonning narxi o‘rta narxli Android devaysining bahosi bilan bir xil. Ko‘pchilik Apple muxlislari fikricha, iPhone SE o‘z narxiga munosib.

2016 yilning mart oyida taqdim qilingan iPhone SE alyuminiydan ishlangan metall korpusi, HD-kamera, barmoq izlari skaneri, Siri virtual yordamchisi, 3D Touch texnologiyasiga ega bo‘lmasa ham, tezkor va xavfsiz faoliyati bilan ko‘pchilikni o‘ziga maftun qilgan.

Ixcham smartfonda “Olma”ning ilg‘or A9 protsessori, 4K sig‘imli video suratga oluvchi 12 Mp bosh kamera, bir so‘z bilan aytganda iPhone 6s’ning barcha imkoniyatlari jam qilingan.

2016 yilning mart oyida taqdim qilingan iPhone SE alyuminiydan ishlangan metall korpusi, HD-kamera, barmoq izlari skaneri, Siri virtual yordamchisi, 3D Touch texnologiyasiga ega bo‘lmasa ham, tezkor va xavfsiz faoliyati bilan ko‘pchilikni o‘ziga maftun qilgan.

Bir muddat avval Apple kompaniyasi 4 dyuymli iPhone SE smartfonining eng kichik talqinida o‘rnatilgan doimiy ichki xotira sig‘imini 16 gigabaytdan 32 GB.ga oshirishga qaror qilgan edi.

Garchi, uning doimiy xotirasi 2 barobarga oshgan bo‘lsa ham, jahon bozorida iPhone SE taqdim qilingan vaqtidagiga nisbatan 2 barobar arzonga sotilmoqda. Apple korporatsiyasining bu nrax siyosatidan ko‘rinib turibdiki, u iPhone SE'ni brendning eng ommabop gadjetiga aylantirmoqchi. Ya’ni, u shu vaqtga qadar ommalashgan va eng muvaffaqiyatli smartfon bo‘lgan iPhone 5S'ning o‘rnini egallaydi.

iPhone 5s qanday qilib Apple'ning eng yaxshi smartfoniga aylandi?

1. Narx va sifat o‘rtasidagi nisbatning me’yorida ekani.

2. Samarali platforma. Garchi, platforma bir necha yil avval ishlab chiqarilgan bo‘lsa ham, smartfon ishlashi bo‘yicha 2017 yilning ba’zi android gadjetlarini ortda qoldirgan. iOS 10 interfeysida ham tizim shoshib qolmaydi va ilovalarni tezkor ochadi.

3. Ko‘pchilikning fikricha, iPhone 5 va 5s – Apple smartfonlari ichida eng chiroylisi. Taniqli dizayner Jon Ayv ularni yaratish uchun bor imkoniyatini ishga solgan. Qulay va taassurotli dizaynni, ayniqsa tilla rangli korpusda ko‘rish mumkin. Ayni paytda bu qadar ixcham telefonni topish oson emas. Haqiqiy cho‘ntakbop smartfon. Smartfon kaftda joylashib oladi va uni bir qo‘lda boshqarish mumkin.


4. iPhone 5s ta’mirlash oson bo‘lgan eng yaxshi telefonlardan biri bo‘lgan. Uning akkumulyatori va displeyini, Touch ID shleyfini  oson almashtirish mumkin.


5. Kamera sifatidan ko‘pchilik foydalanuvchilar o‘sha davrda xursand bo‘lishgan. Shuningdek, kamera ilovasi orqali suratlarni ijtimoiy tarmoq va shaxsiy arxivga yuklash mumkin.

Keyin nima bo‘ladi?

Garchi, iPhone 5s ishlab chiqarishdan olinsa ham, kompaniya uni kamida 1 yil qo‘llab-quvvatlaydi. Ya’ni, tez orada unga  yangi iOS 11'ni o‘rnatish ham mumkin bo‘ladi. Bu esa 2018 yilning oxiriga qadar gadjetga App Store do‘konidagi eng ilg‘or ilovalardan foydalanish mumkinligini anglatadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!