“Aqlli soat”ni muallaq quvvatlantiradigan moslama yaratildi

“Aqlli soat”ni muallaq quvvatlantiradigan moslama yaratildi

Kickstarter xizmatida Lift “aqlli soat”larni simsiz quvvatlash texnologiyasini amalga joriy etish ishlari muvaffaqiyatli davom etmoqda.

Gap shundaki, bu oddiy quvvatlash qurilmasi emas. Uning “aqlli soat”lar taqib qo‘yilgan akkumulyatori havoda muallaq turgan holatda o‘zining jajji quvvatlash stansiyasi ustida aylanadi. Bu quvvatlash stansiyasi magnit maydoniga ega.

lift-2

Lift kichkina magnit dok-stansiya, batareya hamda magnit yordamida dok stansiya ustida muallaq turadigan uchuvchi quvvat toshidan iborat. Uning quvvat toshida bir vaqtning o‘zida ikkita “aqlli soat”ni quvvatlash mumkin. Shuningdek, mazkur dok-stansiyada smartfonlarni ham quvvatlash mumkin.

Hozircha mazkur texnologiya Apple Watch va Pebble smartvochlarini quvvatlashga mo‘ljallangan.
Levitationworks kompaniyasi quvvat qurilmasidan havoda muallaq turuvchi stol lampasi sifatida ham foydalanish mumkinligini aytib, Orb nomli dumaloq shakldagi shar-chiroqni ham taqdim qilgan.

Muallaq quvvatlash qurilmasining boshlang‘ich bahosi 199 AQSh dollari. Orb aksessuari bilan birga esa 219 dollar. Uni yetkazib berish joriy yilning oktyabridan boshlanadi.

Video taqdimotni tomosha qiling:

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!