Avstriyada XIII asrga oid “mobil telefon” topildi

Avstriyada XIII asrga oid “mobil telefon” topildi

Avstriyaning Fushl-am-Ze shaharchasida arxeologik qazish ishlarini olib borayotgan olimlar XIII asrga oida nodir ashyo topishdi. U zamonaviy mobil telefonga juda o‘xshash. Tadqiqotchilar 800 yillik mazkur buyumning sirini hali aniqlashganicha yo‘q. Biroq chindan ham u dastlabki mobil aloqa vositalariga tashqi ko‘rinishi jihatdan juda o‘xshash.

Express`ning xabariga ko‘ra, noyob topilmada hatto tugmachalar va ekranga o‘xshash ramzlar ham aks etgan. Osori-atiqaga mixxat bilan jilo berilgan. Tarixchilar Mesopotamiya, ya’ni hozirgi Eron va Iroq hududidagi qadimgi davlat yozuvidagi yodgorlik qanday qilib Avstriyadan topilganiga tushunmayapti.

“Avvallari bunday buyumlar mamlakatdan umuman topilmagan”,—deydi arxeologlar ekspeditsiyasi rahbarlaridan biri.

Bu topilma hozirda ijtimoiy tarmoqlarda obdon muhokama qilinmoqda. Ba’zilar uni o‘tmishdagi ajdodlar tomonidan kelajakka qoldirilgan “xabar” deb atamoqda. Boshqalar esa qadimiy bashoratchilarning kelajak haqidagi bashorati, deb fikr bildirmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!