Axborot texnologiyalari vazirligi mehnat yarmarkasiga taklif qiladi

Axborot texnologiyalari vazirligi mehnat yarmarkasiga taklif qiladi

24 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Toshkent shahri va mamlakatimizning barcha hududlarida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasi mutaxassislari uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etiladi. Bu to‘g‘rida vazirlik Axborot xizmati xabar bermoqda.

Tadbirning maqsadi kompaniya, tashkilot va korxonalarga, davlat idoralariga zamonaviy bilimlarga ega iste’dodli va istiqbolli kadrlarni jalb qilish, yosh mutaxassislarga ishga joylashishda ko‘maklashishdan iborat.

Yarmarkada axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida faoliyat yurituvchi 100 ta korxona va muassasalar, shuningdek davlat organlari mavjud ish o‘rinlari bilan qatnashadilar.

AKT sohasida bilim va ko‘nikmaga ega mutaxassislarga yarmarkada o‘zlariga munosib ish topishlariga umid qilamiz!

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkaziladigan manzillar ro‘yxati:

1. Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti: Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko‘chasi, 108-uy

2. TATUning Samarqand filiali: Samarqand shahri, Shohruh Mirzo ko‘chasi, 37a-uy.

3. TATUning Farg‘ona filiali: Farg‘ona shahri, Mustaqillik ko‘chasi, 185a-uy.

4. TATUning Qarshi filiali: Qarshi shahri Beshkent trassasi 3 km.

5. TATUning Urganch filiali: Urganch shahri, Al-xorazmiy ko‘chasi, 110-uy.

6. TATU ning Nukus filiali: Nukus shahri, A.Dosnazarov ko‘chasi, 74-uy.

7. Andijon axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji: Andijon shahri, Lev Tolstoy ko‘chasi, 36-uy.

8. Namangan transport va axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji: Namangan shahri, 8-mart ko‘chasi, 6-uy.

9. Jondor ishlab chiqarish, transport va aloqa kasb-hunar kolleji: Jondor shahri, Mahmud Tarobiy ko‘chasi, 1-uy.

10. Jizzax shahridagi transport va aloqa kasb-hunar kolleji: Jizzax shahri, Sh.Rashidov ko‘chasi, 259-uy.

11. Navoiy informatika va elektron ishlab chiqarish kasb-hunar kolleji: Navoiy shahri, G‘alaba shoh ko‘chasi, 228-uy.

12. Termiz axborot texnologiyalari va maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji: Termiz shahri, A.Navoiy ko‘chasi, 41-uy.

13. Guliston kompyuter va axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji: Guliston shahri, Sh.Rashidov ko‘chasi, 49-uy.

Ma’lumot uchun telefon: 0(371) 238-43-57, 998(93) 541-72-24.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!