Beeline katta hajmli 4G internet paketlarini taklif qilmoqda

Beeline katta hajmli 4G internet paketlarini taklif qilmoqda

Bugun – 14 sentyabr, yirik aloqa operatori Beeline  LTE tarmog‘ining kengaytirilishi munosabati bilan yangi, katta hajmli 4G internet paketlarini joriy qildi.

Xalqaro hamkorlik markazida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida kompaniyaning tijorat direktori Maksim Yefremov yangi lineykadagi tariflarni quyidagicha sharhlab o‘tdi: “So‘nggi oylar mobaynida ham yangi xizmatlar sifatida, ham mavjud tariflar doirasida “Beeline” data-servislarining jiddiy kengayishi belgilandi. 2016 yilning asosiy trendi – abonentlarga taqdim etilayotgan trafik hajmini ko‘paytirish, bu nafaqat mijozlarning Internetga bo‘lgan ehtiyoji o‘sib borishi bilan, balki tarmoqlarimizning imkoniyatlari sezilarli darajada o‘sib borayotgani bilan ham bog‘liqdir”.

Yangi 4G internet paketlar quyidagi parametrlarga ega:

“4G Oy 15 000 MB” internet paketi – 15 000 MB (30 kunga) $40 evaziga

“4G Oy 30 000 MB” internet paketi – 30 000 MB (30 kunga) $50 evaziga

“4G Oy 60 000 MB” internet paketi – 60 000 MB (30 kunga) $60 evaziga

“Yangi paketlardagi misli ko‘rilmagan trafik hajmi “Beeline”ning LTE tarmog‘i ta’minlaydigan yuqori tezliklar bilan bog‘liqdir”, – deydi kompaniyaning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov.

Mobil operator Toshkent shahridagi LTE tarmog‘ining ko‘lamli kengaytirilishini e’lon qildi.  Tarmoq LTE 850 (18, 5, band) chastotalarida ishlaydi.

4G tarmoqdan foydalanish uchun yangi turdagi SIM-karta va LTE tarmog‘ida ishlaydigan qurilma (telefon, planshet) zarur bo‘ladi. Abonentlar o‘z SIM-kartalarini yangi 4G SIM-kartalariga kompaniyaning savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarida (bunda abonent raqami o‘zgarmaydi) yoki dilerlik punktlarida almashtirishlari mumkin.