Beeline “Oy” va “Oy+” internet-to‘plamlarining narxini o‘zgartirmay hajmini 87% gacha oshirdi
Beeline aloqa operatori “Oy” va “Oy+” internet-to‘plamlarining hajmini 30% gacha oshirgani haqida e’lon qiladi. Bunda 2017 yilning boshidan internet-to‘plamlarning hajmi 70% dan 87gacha oshdi, narxlar esa avvalgi darajada saqlanib qolindi.
Voqeani sharhlar ekan, Unitel‘ning tijorat direktori Maksim Yefremov shunday dedi: “Maqsadimiz oddiy: abonentlarga yangi imkoniyatlarni taqdim etgan holda Beeline‘ning mobil Internetini eng sifatli va hammabop bo‘lib qolishidir.Taklif etilayotgan to‘plamlarning hajmi oshishi bilan birgalikda tashqi kanalning doimiy ravishda kengayishi, shuningdek 4G tarmog‘ining rivojlanishi bu masalani muvaffaqiyatli yechishga imkon yaratadi”.
Har oy avtomatik tarzda uzaytiriladigan “Oy+” internet-to‘plamlari:
Trafik | Ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar uchun +30% bonus | Ikkinchi oydan butun Internet uchun +10% bonus | Narx |
800 Mb | 240 Mb | 80 Mb | $5,5 |
1 500 Mb | 450 Mb | 150 Mb | $7,5 |
2 100 Mb | 630 Mb | 210 Mb | $10 |
4 000 Mb | 1 200 Mb | 400 Mb | $13 |
6 000 Mb | 1 800 Mb | 600 Mb | $20 |
8 500 Mb | 2 550 Mb | 850 Mb | $27 |
13 000 Mb | 3 900 Mb | 1 300 Mb | $33 |
“Oy” internet-to‘plamlari 30 kun muddatga taqdim etiladi:
Trafik | Ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar uchun +30% bonus | Narx |
60 Mb | - | $1,7 |
260 Mb | 78 Mb | $3,2 |
800 Mb | 240 Mb | $5,5 |
1 500 Mb | 450 Mb | $7,5 |
2 100 Mb | 630 Mb | $10 |
4 000 Mb | 1 200 Mb | $13 |
6 000 Mb | 1 800 Mb | $20 |
8 500 Mb | 2 550 Mb | $27 |
13 000 Mb | 3 900 Mb | $33 |
Qo‘shimcha ma’lumotga ega bo‘lish, shuningdek internet-to‘plamlarni yoqtirish uchun Beeline saytiga, yoki "Beeline Uzbekistan" mobil ilovasiga tashrif buyuring.