Bu mashhur fotomodel bitta Instagram-posti uchun qancha pul olishini tasavvur ham qilolmaysiz!

  •   DiMaX
  •  8214
  •  06.05.2019 11:39

Bu mashhur fotomodel bitta Instagram-posti uchun qancha pul olishini tasavvur ham qilolmaysiz!

Taniqli blogerlar, supermodellar, aktyorlar va boshqa mashhur kishilar ijtimoiy tarmoqlarda katta auditoriyaga ega. Shunga yarasha, ular o‘z sahifalarida biror reklama berish uchun ham yaxshigina haq talab etishadi.

O‘QING: 2018 yilda internetdan eng ko‘p pul topgan Rossiyalik blogerlar

Amerikalik fotomodel, teleboshlovchi Kim Kardashyan (Kim Kardashian) ham Instagram’da faol blogerlardan hisoblanadi. Kuni kecha uning o‘z akkauntida chiqaradigan bitta reklama uchun qancha haq olishi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur ma’lumot fotomodelning yuridik hujjatlari orasidan chiqib qolgan. Gap shundaki, yaqinda u Missguided USA kompaniyasi ustidan sudga ariza bergan. Kim Kardashyan bu kompaniyani reklamada o‘z suratini ruxsatsiz ishlatganlikda ayblamoqda. Shu bois u Missguided USA’ning naq 5 million AQSh dollari miqdorida pul to‘lashini talab etgan!

Kardashyan bunchalik katta mablag‘ so‘rashini shu bilan asoslaganki, o‘z Instagram-blogidagi har bir reklama posti unga 300 mingdan 500 ming dollargacha daromad keltirar ekan!

Buni e’lon qilgan TMZ nashrining yozishicha, qo‘llarida yanada yirik summalar haqida ham ma’lumotlar bor. Ularga ko‘ra, Kardashyanning bitta posti million dollargacha ham borishi mumkin ekan.

O‘QING: Aktrisa va xonandalarimiz Instagram’da qanchalik faol?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!