CAT Summer School-2019 Yozgi maktabining boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi! Ta’tilni mazmunli o‘tkazing!

CAT Summer School-2019 Yozgi maktabining boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi! Ta’tilni mazmunli o‘tkazing!

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazida 4 yo‘nalish bo‘yicha Yozgi maktabga ariza qabuli boshlandi: fizika-kimyo, geologiya, biofizika, biotexnologiya. Mazkur maktab bakalavriat va magistratura yo‘nalishlarining iqtidorli talabalari uchun tashkil etilgan bo‘lib, ularni tadqiqotchilik ishiga jalb qilishga qaratilgan. Yozgi maktabda ishtirok etish bepul. Ishtirokchilar tanlov asosida saralab olinadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilgi Yozgi maktabda respublika OTM larining, xususan  M.Ulug‘bek nomidagi O‘zMU, I.Karimov nomidagi TDTI, ToshFarmI, TTA​ning  53 nafar talabasi ishtirok etgan.

Yozgi maktabda o‘qiish uchun uch (o‘zbek, rus, ingliz)​ tildan  birida elektron arizani to‘ldirib, qo‘yidagi havola bo‘yicha yuboring: https://forms.gle/1vz2Q7THghDFmbET6. Muddat: 2019 yilning 19 iyun kuni. 20 va 21 iyun kunlari suhbat o‘tkazilib, 22-sanada natijalar e’lon qilinadi.

Yozgi maktab 24 iyundan 5 iyulgacha o‘tkaziladi.

Amaliyotdan muvaffaqiyatli o‘tgan talabalarga sertifikatlar topshiriladi

O‘QING: Internet-kafelar – endi kompyuter o‘yinlari o‘ynaladigan joy emas!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.