Dimensity 800 chipida ishlovchi ZTE Axon 11 SE 5G smartfoni taqdim qilindi

Dimensity 800 chipida ishlovchi ZTE Axon 11 SE 5G smartfoni taqdim qilindi

ZTE kompaniyasi, rejalanganidek, Xitoyda Axon 11 SE 5G smartfonini taqdim qildi.

Smartfonning asosiy xususiyati uning MediaTek Dimensity 800 chipi hisoblanadi. Ushbu chip ikki rejimli 5G'ni qo‘llab-quvvatlab, Snapdragon-765G bilan bir xil darajada ishlaydi.

Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, Axon 11 SE 5G'ni zaryadga ulab, bir soatgacha kuchli o‘yinlarni o‘ynlar o‘ynasangiz ham, qurilma ichki harorati 40 darajadan oshmaydi. Bunga smartfonda joylashgan issiqlik yutuvchi grafit komponent sabab. U CPU va GPU'lardan chiqayotgan issiqlikni samarali ravishda bartaraf etadi.

Smartfonga 6.53 dyuym diagonalli IPS LCD ekran qo‘yilgan, displey rezolyusiyasi esa 2340x1080 pikselni tashkil qiladi.

Old kamera 16 megapiksel, aperturasi esa f/2.0. Orqa panelda to‘rt kamerali modul joylangan. Asosiy kamera 48MP f/1.79 bo‘lsa, unga qo‘shimcha qilib 8MP f/2.2 120 darajali ultra-keng hamda 2MP f/2.4 makro va sath kameralari o‘rnatilgan.

Smartfondagi amallar bajarilishiga quvvat yetkazib berishga esa 4,000 mA/soatlik akkumulyator mas’ul. Kompaniyaning ta’kidlashicha, akkumulyator quvvati qurilmani 12 soat davomida to‘xtatmasdan ishlatishga yetadi va atigi 30 daqiqada 50% quvvat oladi.

Operatsion tizim borasida esa, ZTE Axon 11 SE 5G Android 10 asosidagi MiFavor UI qobig‘ida ishlaydi.

Smartfonga oldindan buyurtmalar Xitoyda allaqachon boshlanib bo‘ldi. Bazaviy 6/128GB model 250 yevro tursa, 8/128GB'lik modelni xohlovchilar 290 yevroning bahridan o‘tishlari kerak bo‘ladi. Doimiy xotira sig‘imi kattaroq bo‘lishi tarafdorlari esa 8/256GB'lik variantni 330 yevro evaziga o‘zlariniki qilib olishlari mumkin.

Rang borasida Aurora Glamour va Aurora Glacier ranglaridan birini tanglash imkoni mavjud.

O‘QING: Xiaomi Mi Band 5 bilaguzugi qachon taqdim qilinadi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.