Elektron hukumat to‘g‘risidagi Qonun loyihasi birinchi o‘qishda tasdiqlandi

Elektron hukumat to‘g‘risidagi Qonun loyihasi birinchi o‘qishda tasdiqlandi

Sarlavhadagi xabarni gazeta.uz ma’lum qiladi. Quyi palata matbuot xizmati axborot berishiga qaraganda, qabul qilingan qonun “elektron hukumat” tizimini joriy etishning aniq yo‘nalishlarini belgilashga, davlat organlarining fuqarolar va tashkilotlar bilan aloqasida axborot texnologiyalardan foydalanishning kengayishiga, shuningdek, davlat boshqaruv organlari faoliyatining samaradorligi, shaffofligi va ochiqligini oshirishga imkon tug‘diradi.

Axborot va kommunikatsion texnologiyalar Qo‘mitasi a’zosi  Erkin Xolbo‘tayev qabul qilingan qonun ahamiyati haqida so‘zlab, “elektron hukumat”ning afzalliklarini ta’kidlab o‘tdi.

Qonun loyihasini tayyorlash bosqichida ekspertlar muhokamasi o‘tkazilgan, milliy va xorijiy mutaxassislar ishtirokida tadbirlar uyushtirilgan. Hujjatda xalqaro qonunchilik va AQSh, Germaniya, Avstriya, Koreya Respublikasi davlatlarining “elektron hukumat” tuzishdagi tajribasi hisobga olingan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.