Endi «Odnoklassniki»dan pul yuborish mumkin

Endi «Odnoklassniki»dan pul yuborish mumkin

«Odnoklassniki» ijtimoiy tarmog‘i va VTB 24 banki hamkorlikda foydalanuvchilar o‘zaro pul o‘tkazmalarini amalga oshiradigan maxsus xizmatni yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqida kompaniyaning rasmiy manbasiga tayanib, «Kommersant’» nashri xabar bermoqda.

Yangi tizim 800 ming rublgacha pul o‘tkazish imkonini beradi. Xizmat ishga tushgach, uch oy mobaynida yuboriladigan 500 rublgacha summadan badal olinmaydi. Keyinchalik esa jo‘natmadan olinadigan ulush miqdori, agar 500 rubldan oshmasa, 30 rubl bo‘ladi, 501 rubldan 8000 rublgacha bo‘lgan pul mablag‘idan esa 60 rubl olinadi.

Pulni jo‘natish uchun ijtimoiy tarmoq a’zolari jo‘natilayotgan odamni aniq ko‘rsatishi, uning kartasi va pul miqdorini belgilashi kerak. Jo‘natmalarni xalqaro to‘lov tizimi (MasterCard, Maestro, Visa) yordamida ham amalga oshirish mumkin.

«Odnoklassniki» va VTB 24 o‘rtasidagi kelishuvning shartlari hozircha oshkor qilinmadi.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, ayni kez ijtimoiy tarmoqning 50 million nafarga yaqin foydalanuvchisi bor. Ulardan 8 mln nafar odamning kartasi «Odnoklassniki»ga bog‘langan. Shu bois, bu kompaniya tomonidan zaruriy xizmat sifatida baholanmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!