Facebook xato tufayli minglab foydalanuvchilarning “qora ro‘yxat”ini ochib yubordi

  •   Saroy
  •  759
  •  04.07.2018 14:29

Facebook xato tufayli minglab foydalanuvchilarning “qora ro‘yxat”ini ochib yubordi

Facebook'ning maxsus tarmog‘ida yana nosozlik yuz berdi, natijada fayllarni ochish sozlagichi ishdan chiqdi. 

29 maydan 5 iyungacha Facebook xato tufayli  kimlarningdir «qora ro‘yxat»ida turuvchi foydalanuvchilarni  «avf etib yuborgan». Eslatib o‘tamiz, qora ro‘yxatda turivchi foydalanuvchilar sahifa egasi bilan do‘stlasha olmaydi va unga Messenger’da xabar ham jo‘nata olmaydi, shuningdek uning yozganlari lentada ko‘rinmaydi.

Bir  hafta davomida bloklangan odamlar hamma o‘qiy oladigan xabarlarni ko‘rgan (biroq faqat do‘stlarga atalgan postlarni emas) va yozishmalarni amalga oshira olgan. Nosozlik tufayli jami  800 ming kishi jabr ko‘rgan, ularning o‘zlari xushlamaydigan  “tanishlar”i   “qora ro‘yxatdan” chiqib olgan? Bunga Facebook’dagilar aniqlik kiritmayapti. Faqat shu narsa ma’lumki,  83 foiz jabrlanganlarning ro‘yxatida atigi bir kishi bloklangan bo‘lgan, qolgan  17 foizida esa bir kishidan ko‘p.

O‘QING:Facebook investorlari Mark Sukerbergni iste’foga chiqarmoqchi

Xalqaro bag  bo‘lganligi tufayli, u dunyoning turli mamlakatlaridagi foydalanuvchilarga ta’sir etdi.

Facebook’dagilar  garchi kechikib bo‘lsa-da, xatosini tan oldi va blokdan yechib yuborilgan barcha foydalanuvchilar qayta bloklangani haqida ma’lum qildi.  Xato tufayli ziyon ko‘rgan akkaunt egalari  ijtimoiy tarmoq ma’muriyati tomonidan tegishli bildirgi oladi. Har ehtimolga qarshi, ularga ham  o‘zlarining “qora roo‘yxatlarini” tekshirib qo‘yish haqida maslahat berildi.

O‘QING:Sun’iy ong: Microsoft’ning uyqusini qochirgan chiplar 

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!