Galaxy S10 biror smartfonda yo‘q jihatga ega bo‘ladi

Galaxy S10 biror smartfonda yo‘q jihatga ega bo‘ladi

Sir emaski, Samsung Galaxy S10 flagman smartfonining taqdimotigacha hali yarim ylicha vaqt bor. Uning "ajdodi" bo‘lgan S9 shu yilning yanvarida taqdim qilingan. 2019 yilning ilk kunlarida Las-Vegasda o‘tadigan CES 2019 ko‘rgazmasi esa yanada innovatsion flagman bilan diqqatga sazovor bo‘ladi.

Galaxy S9 flagmani koreyalik ishlab chiqaruvchi uchun qaysidir ma’noda orqaga chekinish bo‘ldi. Garchi, texnik jihatdan u avvalgi modellardan kuchli bo‘lsa ham, ko‘pchilik uni xarid qilishga shoshayotgani yo‘q. Shu sababli, koreyalik IT-gigant muhandislari yuqori darajali yangi smartfon tayyorlashga jiddiy kirishganlar.

Insayderlar taqdim qilayotgan xabarlarga ko‘ra, Samsung Galaxy S10 ayni paytda mavjud smartfonlarning birortasida ham yo‘q o‘ziga xos jihatga ega bo‘ladi.

So‘nggi yillarda gadjetlar bozorida bir qancha qimmat bo‘lmagan telefonlar sotuvga chiqarildi. Ular iikkita SIM-karta hamda bitta microSD xotira kartasini qo‘llab-quvvatlaydi. Ayrim bo‘lmachalar esa gibrid usulda ham ishlab chiqarilmoqda.

Koreyalik ishlab chiqaruvchi esa yangi devaysiga birato‘la uchta sim-karta uchun bo‘lmachani joriy qiladi. Samsung rahbariyati bu taklifni ma’qullaydigan bo‘lsa, Galaxy S10 jahondagi ilk uchta sim-kartada ishlaydigan smartfon bo‘ladi.

Kimgadir uchinchi sim-karta kerak bo‘lmaydigan bo‘lsa, uni microSD bo‘lmachasi sifatida ishlatishi, unga 2 terabaytgacha sig‘imli kartani qo‘yib foydalanishi mumkin. Buning uchun aloqa signalini qabul qiluvchi modemning salohiyatini oshirish kerak bo‘ladi.

Bitta telefonda uchta SIM-kartaning bo‘lishi – bu chindan ham katta imkoniyat. Bu orqali biz har lahzada aloqa tarmog‘ida bo‘lish imkoniga egamiz. Samsung Galaxy S10 modelidagi sim-kartalarning hammasi bir vaqtning o‘zida 4G LTE tarmog‘ida ishlsa, yanada diqqatga sazovor bo‘lgan bo‘lar edi.

Boshqa jihatlar ...

Insayderning ishonch bilan aytishicha, koreyalik korporatsiyaning yangi flagmani uchun Galaxy S9 kabi QHD+ emas, hatto undan ham yaxshi UHD+ sig‘imli ekran tanalanadi. Bunday yuqori pikselli ekran evaziga har bir dyuymda 600 ppi piksel bo‘ladi. Samsung Galaxy S10 smartfoni ega bo‘ladigan bunday ilk ekran evaziga undan foydalanish, ayniqsa virtual voqelik dasturlari va o‘yinlaridan foydalanish foydalanuvchiga katta qulaylik yaratib beradi.

Ayni paytda jahonda biror bir smartfonga AMOLED-matritsali hamda 4K sig‘imli ekran o‘rnatilmagan. Bunday ekranlarni faqatgina Samsung Display ishlab chiqara oladi. Shunday ekan, o‘ta innovatsion ekranga ega ilk smartfonni ham firmaning o‘zi ishlab chiqaradi.

Xitoylik insayderlarning ma’lum qilishlaricha, Galaxy S10 kuchli protsessori bilan ham maftunkor bo‘ladi. 7 nanometrli texnik jarayonda ishlaydigan yangi chip smartfon imkoniyatini oshiradi. Shuningdek, qiyofani 3D o‘lchamda skaner qiluvchi yangi tizim ham ko‘pchilik uchun ayni muddao bo‘ladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.