Galaxy S7’ning Rossiyadagi savdosi rekord darajaga yetdi

Galaxy S7’ning Rossiyadagi savdosi rekord darajaga yetdi

Avval xabar berganimizdek, Samsung kompaniyasining Galaxy turkumiga kiruvchi yangi S7 va S7 edge flagman smartfonlari 18 mart kuni Rossiyaning smartfon bozoriga ilk marotaba erkin savdoga chiqarilgan edi.

Savdoning ilk 2 haftasida sotilgan yangi smartfonlar miqdori har doimgidan yuqori bo‘lib, xaridorlar tomonidan jami 20,6 dona gadjetlar sotib olingan. Bu esa yangi devayslar savdosining sur’ati xuddi shu davr oralig‘ida sotilgan avvalgi – Galaxy S6 va S6 edge smartfonlarinikidan 2 marotaba ko‘p degani.

Erkin savdoning ilk kunida Rossiyada 6695 dona Galaxy S7 sotilgan. Bu raqam birinchi kun sotilgan Galaxy S6 va S6 edge savdo hajmidan 8 marotaba ko‘p.

Rossiya internet do‘konlarida Galaxy S7 smartfonining 32 GB doimiy xotiraga ega talqinini 50 ming rubl (727 AQSh dollari)dan, Samsung S7 edge’ning shu talqini esa 60 ming rubl (873 AQSh dollari)dan sotilmoqda.

Yangi smartfonlarning savdoga chiqarilishi Samsung’ning smartfonlar bozoridagi hissasini oshirdi. Apple’ning aqlli telefonlar bozorida 7-13 martdagi hissasi 32,9% foiz, Samsung’niki 24,7% foiz bo‘lgan. Ayni kunda Samsung’ning hissasi 31,6%ga ko‘tarilib, Apple hissasi 28,3% foizga tushgan.

Eslatib o‘tamiz, 5 apreldan boshlab Apple ham iPhone SE smartfonini Rossiya Federatsiyasida erkin savdoga olib chiqdi. 16 GB talqindagi iPhone SE smartfoni 37990 rubl (552 AQSh dollari)dan, 64 GB talqindagisi esa 47990 rubl (698 AQSh dollari)dan sotilmoqda.