Galaxy S9'ni 5 rangdagi korpuslarda tomosha qiling!

Galaxy S9'ni 5 rangdagi korpuslarda tomosha qiling!

Keyingi yilning fevral adog‘ida o‘tishi reja qilingan MWC 2018 ko‘rgazmasi doirasida Galaxy S9 va S9+ flagman smartfonlarining taqdimoti kutilmoqda. Har ikkala modelda 2017 yilga xos texnologiyalar yanada takomillashgan talqinda taqdim qilinadi. Xususan, devayslar texnik jihatdan yuqori samaradorlik, yanada ramkasiz AMOLED-ekran, qo‘sh sensorli bosh kamerasi bilan muxlislarni xursand qiladi.

Samsung bir muddat avval ikki SIM-kartali Galaxy S9’ni (SM-G9608) ro‘yxatdan o‘tkazish borasida ariza topshirgani ma’lum bo‘lgan edi. Qualcomm Snapdragon 845 protsessori o‘rnatilishi kutilayotgan Galaxy S9 smartfonida Dual VoVTE tizimi qo‘llanilishi mumkin. Ya’ni, smartfon bir vaqtning o‘zida 2 ta audi devays uchun ovoz uzatadi. Galaxy S9 modeli Samsung’ning «Buyumlar interneti»ga mo‘ljallangan birinchi smartfoni bo‘ladi.

Kecha insayderlar Samsung Galaxy S9 hamda S9+ smartfonlari 5 xil rangdagi korpusda tasvirlangan suratlarni e’lon qildilar. Shu bilan birga, smartfonning renderlari jamoatchilik e’tiboriga flagmanlarning ham orqa, ham old panellarini yaqindan tomosha qilish imkonini beradi. Yana bir o‘ziga xosligi shundaki, Galaxy S9 smartfonidagi bosh kameraning 1 sensorli ekani diqqatni tortib turibdi.

Hozirgacha ma’lum axborotlarga ko‘ra, Galaxy S9 va S9+ flagmanlarining Super AMOLED ekrani old panelning 90% qismini egallab oladi. 5,8 dyuymli displeydagi piksellar sig‘imi 2960 x 1080 (QHD+) belgini tashkil qiladi. Yuqori 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 845 (AQSh uchun) protsessori uning yana bir kuchli tomonidir.

Flagmanlar 4/6 GB tezkor hamda 64/128 GB doimiy xotira talqinida sotuvga chiqariladi. Shuningdek, microSD yordamida doimiy xotirani 512 gigabaytgacha kattalashtirish mumkin. Ularning korpusi IP68 standarti bo‘yicha himoyalangan bo‘ladi. Smartfonlarning iPhone X kabi, Face ID skaneriga ega bo‘lishi ham kutilmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!