Google+ ijtimoiy tarmog‘i yangi dizaynda ishga tushadi

Google+ ijtimoiy tarmog‘i yangi dizaynda ishga tushadi

Yangi dizayndagi ijtimoiy tarmoqning imkoniyatlari sezilarli darajada o‘zgaradi. Endi Google+ foydalanuvchilar uchun yanada qulaylashishiga ishlab chiqaruvchilar ishontirmoqda.

Google+ni qayta ishlashda, asosan, “Kolleksiya” va “Jamoa”ga diqqat qaratilgan. Ammo ba’zi funksiyalar olib tashlangan, masalan, uchrashuvlar uyushtirish va geometka qoldirish yo‘qoladi.

Eslatib o‘tamiz, “Kolleksiya” funksiyasi shu yilning bahorida qo‘shilgan, “Jamoa” esa uch yildan beri mavjud.

Google+ ijtimoiy tarmog‘iga 2011 yil yozida Google kompaniyasi tomonidan asos solingan. Hozirda 400 mlndan ortiq a’zolari bor. Oylik faol auditoriyasi 100 mlndan oshadi. Tahlilchilar fikriga ko‘ra, Google+ da eng yirik ijtimoiy tarmoq Facebook o‘rnini egallash imkoni mavjud, ammo auditoriyasi sustligicha qolmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!