Google Play Movies servisiga 4K formatidagi filmlar qo‘shildi

Google Play Movies servisiga 4K formatidagi filmlar qo‘shildi

Google kompaniyasi ortiqcha e’lon va shov-shuvlarsiz o‘zining Play Movies servisiga 4K formatida filmlar qo‘shishni boshladi. Reddit saytida yozilishicha, hozircha mazkur formatdagi filmlarni barcha foydalanuvchilar ko‘ra olmaydilar, biroq qidiruv giganti yil oxirigacha mazkur kamchilikni bartaraf etishga va’da bergan.

4K formatidagi kinolarni Play Movies servisida ba’zi mamlakatlarda xarid qilish mumkin. Buning ustiga 4K formatidagi filmlarning miqdori ham ko‘p emas. Aftidan, hali Google ushbu funksiyani sinovdan o‘tkazishni yakuniga yetkazmagan.

43423

Skrinshotlarning birida ko‘rinib turganidek, 4K formatidagi kontentning narxi Full HD aniqligidagi videodan ikki baravar qimmatroq narxda taklif etilmoqda.

Servis ilovasini bu yerdan yuklab olish mumkin.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!