HTC smart soatlari sanoatni butunlay o‘zgartirib yuboradi

HTC smart soatlari sanoatni butunlay o‘zgartirib yuboradi

Global tarmoqda HTC kompaniyasining aqlli soatlar ustida izlanishlar olib borayotgani to‘g‘risida bir necha yildan beri turli xabarlar aylanib yuribdi. Tayvanlik kompaniya rahbariyati bir necha bora qurilma ustida turli tajribalar o‘tkazilayotganligini hamda u haqiqatda ham mavjud ekanligini ta’kidlab o‘tgan. Biroq shu paytgaga HTC faqatgina HTC Grip nomli sport brasletini taqdim etgan holos. U ham Under Armour kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratilgan edi. MWC 2016 halqaro ko‘rgazmasi doirasida HTC bosh direktori Sher Vong ishonch bilan kompaniya yaratadigan smart soatlar bu sanoatni tubdan o‘zgartirib yuboroshini ta’kidlab o‘tdi. “HTC’ning aqlli soatlari bozorga kirib borgan taqdirda, gadjetlar olami butunlay o‘zgarib ketadi”, deydi Sher Vong.

Shunday bo‘lgandaham Sher Vong gadjetning mavjudligini rasman tasdiqlamadi, faqat HTC smart soat ishlab chiqarishni boshlasa, revolyusiya yuz berishi mumkinligini ta’kidladi, holos. HTC’ning moliyaviy direktori ham kompaniya aqlli soat hususida bir qancha g‘oyalar tayyorlab qo‘yganligini aytib o‘tdi, deya xabar berdi 4pda resursi.

Manba: ITportal.uz

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.