Huawei 10 nafar TATU talabasining Xitoyda o‘qishini moliyalashtirdi

Huawei 10 nafar TATU talabasining Xitoyda o‘qishini moliyalashtirdi

Huawei kompaniyasining ko‘magi bilan Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 10 nafar talabasi kompaniya tomonidan Xitoyda tashkil qilinayotgan “Seeds for the Future”, ya’ni “Kelajak nihollari” deb nomlangan 2 haftalik kurslarda ishtirok etmoqda.

Loyiha jarayonida axborot texnologiyalari sohasining bo‘lajak mutaxassislari axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, mobil internet, kiber xavfsizlik, telekommunikatsiya muhandisligi yo‘nalishlarida ayni paytda keng qo‘llanilayotgan zamonaviy bilim va tajribalar bilan tanishadilar.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi yaqin va ishonchli hamkorlaridan hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, kompaniyaning aksariyat muhandis va mutaxassislari aynan shu universitet bitiruvchilari sanaladi. Bir necha yillardan buyon Huawei universitetning iqtidorli talaba va yosh olimlarini rag‘batlantirib keladi. Keyingi 5 yil davomida ham bu hamkorlikni yanada mustahkamlash nazarda tutilgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.