Ilg‘or Ulefone T1 "shubhali" narxda taqdim qilindi

Ilg‘or Ulefone T1

Quvvatdor gadjetlar yaratishda ilg‘or Ulefone kompaniyasi 2016 yilda taqdim qilgan Power smartfoni 1 yilda million donadan ziyod sotilib, kompaniyaga muvaffaqiyat olib kelgan edi.

Ulefone kuni kecha yana bir ilg‘or gadjetni taqdim qildi: yaxlit metall korpusli, 5,5 dyuymli va Full HD sig‘imli, shuningdek 2,5D shaklidagi Gorilla Glass 3 himoya shishasi bilan qoplangan displeyga ega Ulefone T1 rasman namoyish qilindi.

MWC 2017 xalqaro anjumanida ko‘pchilikning diqqatini tortgan smartfonlardan biri Ulefone T1 bo‘lgan edi. Devaysga chastota tezligi 2,6 GGs bo‘lgan 8 yadroli MediaTek Helio P25 protsessori, 6 gigabaytli tezkor xotira (LPDDR4) o‘rnatilgan.

Ulefone T1 ishlab chiqaruvchining to‘rtinchi qo‘sh ob’yektivli smartfoni bo‘lib, bosh kamerasi 16 megapikselli Samsung S5K3P3 + 5 Mp sensorlar, 13 megapikselli old kamera bilan ta’minlangan.

Smartfonning 3680 mA soat sig‘imli akkumulyatori USB Type-C yordamida tezkor quvvat oladi.

Ulefone T1 o‘lchamlari: 155,0 x 76,9 x 8,45 mm., vazni -- 181 gramm. Smartfon qadoqdayoq Android 7.0 Nougat operatsion tizimida ishlaydi.

Ulefone T1 o‘rta narxli bo‘lib, $300 dollarga baholangan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!